Infantino JÇ uluşini sotiş rejasidan oldin Kuşnerlar bilan maxfiy uçraşgan

FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon çempionatining 20 foiz uluşini sotiş rejasi ommaga ma’lum bölişidan bir neça oy oldin Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner va uning ukasi Joşua Kuşner bilan qator maxfiy uçraşuvlar ötkazgan. The Telegraph naşri qölga kiritgan hujjatlar bu aloqalar 2025-yil sentyabridan boşlanganini körsatmoqda.
Uçraşuvlar 2025-yil sentyabrida boşlangan
The Telegraph ma’lumotlariga köra, Infantino va Kuşnerlar oilasi örtasidagi muzokaralar 2025-yil sentyabrida Syurixda boşlangan. 4-noyabr kuni FIFA prezidenti Jared Kuşnerning AQŞdagi ofisida uçraşuv ötkazgan.
Keyinçalik Infantino Jaredning ukasi Joşua Kuşner bilan ham bir neça bor uçraşgan. Joşua Kuşnerga tegişli Thrive Capital keyinçalik FIFAning JÇ uluşini sotiş rejasidagi asosiy investor sifatida körsatilgan.
Naşr uçraşuvlar davomida Infantino, Joşua Kuşner, JPMorgan vakillari va boşqa maslahatçilar örtasida kamida 10 ta qöşimça uçraşuv bölganini yozmoqda. Ularning ayrimlari Jared Kuşnerning ofisida ötkazilgan. Biroq Jared Kuşnerning uşbu uçraşuvlarning barçasida şaxsan qatnaşgani noma’lum.
FIFA 20 foiz uluşni sotmoqçi bölgan
Gap FIFA Forward Enterprise (FFE) deb atalgan reja haqida ketmoqda. Unga köra, JÇning 20 foiz uluşini investorlarga sotiş orqali taxminan 15 mlrd funt mablağ jalb qiliş közlangan.
FIFAning yuqori lavozimli ayrim xodimlari loyiha haqida faqat 2026-yil 18-iyul kuni, JÇ finalidan bir kun oldin Nyu-Yorkdagi Waldorf Astoria mehmonxonasida ötkazilgan yiğilişda ma’lumot olgan.
Bundan taşqari, FIFA Kengaşining bir qator a’zolari ham uşbu reja haqida xabardor bölmagan.
Loyiha 28-iyul kuni OAVga sizdirilgan. Oradan köp ötmay FIFA Joşua Kuşnerning Thrive Capital kompaniyasi asosiy investor bölişini va JPMorgan taşkilotga maslahat berayotganini tasdiqlagan. Biroq reja futbol jamoatçiligi va boşqa tomonlarning keskin noroziligidan söng bekor qilingan.
Jared Kuşner reja bilan boğliq emasligini bildirgan
FFE loyihasiga aloqador şaxslar Jared Kuşner uning işlab çiqilişida iştirok etmaganini ta’kidlagan. Loyiha böyiça maslahatçi Greg Maffei Financial Times’ga bergan intervyusida Jared Kuşnerning kelişuvda iştirok etmaganini aytgan.
Jared Kuşner 2017-yilda Tramp tomonidan AQŞning 2026-yilgi JÇni qabul qiliş huquqini qölga kiritiş böyiça muzokaralarga mas’ul etib tayinlangan edi.
Avvalroq fransiyalik murabbiy Arsen Venger FIFA prezidentligi uçun Janni Infantinoga qarşi nomzodini qöyişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.