Ziyolilarimizdan xolis fikr va dadil takliflarni kutamiz — Saida Mirziyoyeva

Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida Özbekiston ziyolilari kengaşining ilk yiğilişi ötkazilmoqda. Unda 500 nafar olim, akademik, pedagog, şifokor va ijodkor iştirok etmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
«Kengaş ğoyalar maydoniga aylanişiga işonaman»

Yiğilişni Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oçib berdi. U kengaş ğoyalar maydoniga aylanişiga umid bildirdi:
«Ziyolilarimizdan xolis fikr va dadil takliflarni kutamiz. Kengaş yangi ğoyalar maydoniga aylanişiga işonaman».
Kengaşda 500 nafar delegat qatnaşmoqda

Joriy yil 23–24-noyabr kunlari ötkazilayotgan yiğilişda jami 500 nafar delegat, jumladan, hududlardan saylangan 210 nafar vakil qatnaşmoqda. Kengaş tarkibida yetakçi olimlar, akademiklar, pedagoglar, şifokorlar va ijodkorlar bor.
Yettita yönalişda takliflar işlab çiqiladi
Yiğiliş yalpi majlis va yettita şöba doirasida ötkaziladi. Ularda mamlakat taraqqiyotining ğoyaviy, ma’naviy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari muhokama qilinadi. Muhokamalar yakunida bildirilgan takliflar umumlaştirilib, ularni amalga oşiriş böyiça vazifalar belgilanadi.
Taşkilotçilar ma’lumotiga köra, mustaqil Özbekiston tarixida bunday ziyolilar kengaşi birinçi marta ötkazilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi oçilgani haqida xabar bergan edi. Markaz Hazrati Imom majmuasi hududida barpo etilgan bölib, unda muzey zallari, kutubxona va konferensiya maydonlari joylaşgan.