Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic turnirida titulini himoya qiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Agar u yana ğolib bölsa, Magnus Karlsendan keyin turnir titulini ketma-ket himoya qilgan ilk şaxmatçi böladi
Magnus Karlson Nodirbek Abdusattorovni
Foto: Lennart Ootes/Freestyle Chess

Özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov joriy yil 24-noyabr – 7-dekabr kunlari Londonda ötkaziladigan London Chess Classic 2026 turnirida iştirok etadi. Bu haqda London Chess Classic rasmiy sayti ma’lum qilindi. U ötgan yili musobaqada 9 imkoniyatdan 7,5 oçko töplab, ğolib bölgan edi.

Abdusattorov amaldagi çempion sifatida qatnaşadi

Abdusattorov ötgan yili London Chess Classic turnirida 9 imkoniyatdan 7,5 oçko töplab, ğolib bölgan edi. Bu yil özbekistonlik grossmeyster asosiy «Masters» turnirida titulini himoya qilişga harakat qiladi. Agar u yana ğolib bölsa, Magnus Karlsendan keyin turnir titulini ketma-ket himoya qilgan ilk şaxmatçi böladi. Karlsen bunga 2010-yilda erişgan.

Masters guruhida jami 10 nafar grossmeyster qatnaşadi. Abdusattorovdan taşqari Levon Aronyan, Nihal Sarin, Vasiliy Ivançuk, Endi Vudvord, Gaveyn Jons, Igor Samunenkov, Lyuk Maksheyn, Maykl Adams va Şreyas Royal ham dona suradi. Bahslar klassik şaxmat böyiça davra tizimida, 9 turda ötkaziladi.

Abdusattorov 2025-yilgi London Chess Classic’da bir tur qolganidayoq ğoliblikni kafolatlagan va 9 partiyada 7,5 oçko töplagan. Uning turnirdagi reyting körsatkiçi 2932 ni taşkil etgan.

Karlsen ham Londonda dona suradi

Turnir 24-noyabrdan 7-dekabrgaca davom etadi. Turnir doirasida Masters’dan taşqari Challengers, Swiss, Super Rapid va boşqa musobaqalar ham ötkaziladi.

5 – 6-dekabr kunlari ötkaziladigan Super Rapid turnirida Magnus Karlsen, Maksim Vaşye-Lagrav, Aniş Giri va Abdusattorov ham qatnaşadi. Super Rapid 10 turdan iborat bölib, uning mukofot jamğarmasi £35 mingni, birinçi örin mukofoti esa £10 mingni taşkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov Total Chess turnirini 23-örinda yakunlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek