Hindistonda yuzni oqartiruvçi krem sabab 17 yoşli qiz buyrak kasalligiga çalindi

eʼlon qilindi
Kremni ijtimoiy tarmoqdagi reklamadan körib sotib olgan
Foto: BBC

Hindistonning Kerala ştatida 17 yoşli qizda buyrak kasalligi aniqlanganidan söng politsiya terini oqartirişga möljallangan krem işlab çiqaruvçisiga nisbatan tergov boşladi. Şifokorlar qiz foydalangan mahsulot tarkibida me’yordan minglab baravar köp simob borligini aniqlagan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Malappuram tumanidagi Aster MIMS Mother Hospital ma’lumotiga köra, laboratoriya tekşiruvida krem tarkibida simob miqdori milliondan 12 500 qismni taşkil etgani aniqlangan. Hindistonda kosmetik oqartiruvçi mahsulotlar uçun ruxsat etilgan çegara esa milliondan bir qismdan kam.

Şifokorlarning ta’kidlaşiça, simob teri orqali organizmga singib, buyraklarning qonni filtrlaş faoliyatiga zarar yetkazişi mumkin. Qizda membranoz nefropatiya – buyrak filtrlovçi tuzilmalariga zarar yetkazadigan va siydik orqali köp miqdorda oqsil yöqotilişiga olib keladigan kasallik rivojlangan.

Kremni ijtimoiy tarmoqdagi reklamadan körib sotib olgan

Qizning aytişiça, u taxminan bir yil avval ijtimoiy tarmoqdagi reklamani körib, husnbuzar va teridagi pigment doğlarini yöqotiş uçun krem sotib olgan. Işlab çiqaruvçi mahsulotni har keça muntazam surtiş orqali közga körinadigan natijaga erişişni va’da qilgan.

U bir yil davomida kremning uçta idişini xarid qilgan. Bir neça oy foydalanişdan keyin esa çarçoq, boş oğriği, boş aylanişi va uyqusizlik kuzatilgan. Keyinçalik uning yuzi va oyoqlari şişib, tik turişi ham qiyinlaşgan.

Şifokorlar dastlab qizning ahvolini davolaşga kirişgan, biroq alomatlarning noodatiy rivojlanişi organizmda zaharli modda borligidan şubhalanişga sabab bölgan. Tekşiruvlarda qonda simob miqdori xavfli darajada yuqori ekani aniqlangan.

Şundan söng mutaxassislar krem namunasini laboratoriyaga yuborgan. Natijalar mahsulotdagi simob miqdori Hindiston Markaziy dori vositalari standart nazorati taşkiloti belgilagan xavfsizlik me’yoridan keskin yuqori ekanini körsatgan.

Qiz organizmdagi zaharli moddalarni çiqarişga qaratilgan davolaniş va buyrak bilan boğliq asoratlarni nazorat qiliş muolajalarini olgan. U qariyb bir oydan keyin şifoxonadan çiqarilgan. Hozir uyida tiklanmoqda, biroq soğliği töliq tiklanmagan va öqişida ham qiyinçiliklarga duç kelmoqda.

Politsiya işlab çiqaruvçini tekşirmoqda

Kerala politsiyasi krem işlab çiqaruvçisiga nisbatan tekşiruv boşlagan. Ştatning Bolalar huquqlarini himoya qiliş komissiyasi ham kompaniyaga qarşi iş oçgan.

Mutaxassislar Hindistonda terini oqartiruvçi vositalarning keng tarqalişi, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar orqali sotiladigan nazoratsiz mahsulotlar xavf tuğdirayotganini ta’kidlamoqda. Ayrim bunday kremlar tarkibida simob va qörğoşin kabi zaharli metallar bölişi mumkin.

Hindiston jamiyatida oçroq teri rangiga ustunlik beriş holati hanuz saqlanib qolgan. Bu qaraşlar nikoh, kasbiy imkoniyatlar va gözallik haqidagi tasavvurlarga ham ta’sir qilişi aytiladi. Şu sababli ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinadigan, sertifikati va xavfsizlik sinovlari noma’lum mahsulotlarga talab saqlanib qolmoqda.

Avvalroq Qarşi şahridagi köp qavatli uylardan birida gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida ikki nafar fuqaro kuyiş tan jarohati olgandi.

Shuningdek