BAAda avtobus yuk maşinasi bilan töqnaşdi: qurbonlar soni 13 taga yetdi

eʼlon qilindi
Baa
BAAda avvalroq yana bir yirik avariya yuz bergan
Foto: Gulf News

Birlaşgan Arab Amirliklarining Ras al-Xayma amirligida yölovçi avtobusi yuk maşinasi bilan töqnaşişi oqibatida 13 kişi halok böldi. Dastlab qurbonlar soni 11 nafar deb e’lon qilingan, biroq keyinçalik bu körsatkiç oşgan. Bu haqda BAA Içki işlar vazirligi ma’lum qildi.

Hodisa Al Vatan köçasida sodir bölgan. Voqea joyiga maxsus favqulodda xizmatlar, tez yordam va fuqaro muhofazasi xodimlari yuborilgan. Ular jabrlanganlarga tibbiy yordam körsatiş, hudud xavfsizligini ta’minlaş va transport harakatini tartibga soliş bilan şuğullangan.

Hozirda avariya sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda. Vazirlik tekşiruv yakunlangaç, uning natijalari e’lon qilinişini bildirgan.

Rasmiylar halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jamoatçilikni tasdiqlanmagan ma’lumotlar va miş-mişlarni tarqatmaslikka çaqirgan.

BAAda avvalroq yana bir yirik avariya yuz bergan

12-noyabr kuni Fujayra amirligidagi Şayx Xalifa bin Zoid yölida yuk maşinasi iştirokida yirik yöl-transport hodisasi sodir bölgan edi. Unda 14 kişi halok bölib, yana 30 kişi jarohatlangan.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga köra, yuk maşinasi avval yöl çetida turgan transport vositasiga urilgan, keyin esa boşqa avtomobillar bilan töqnaşib ağdarilgan. Yuk maşinasida yonğin çiqqan va olov bir neçta avtomobilga tarqalgan.

Hodisa vaqtida yölning öng bölagi ta’mirlaş işlari sabab yopilgan bölgan. Avariya jami 18 ta avtomobil va beşta yuk maşinasi iştirokida yuz bergan.

Halok bölganlar orasida 10 nafar BAA fuqarosi va tört nafar Hindiston fuqarosi bölgan. Jarohatlanganlarning 15 nafari şifoxonadan çiqarilgan, qolgan 15 nafari davolanişni davom ettirgan.

Mazkur hodisa yuzasidan ham texnik tekşiruvlar tayinlangan, yuk maşinasi haydovçisi esa şifoxonada davolanayotgan vaqtida hibsga olingan.

Avvalroq AQŞning Kaliforniya ştatidagi Temekula şahrida vertolyot tepalikka qulaşi oqibatida ikki kişi halok bölgandi.

Shuningdek