Qor va yomğir yoğadi: 26-noyabr uçun ob-havo prognozi

eʼlon qilindi
Foto: depositphotos

26-noyabr kuni Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir, toğlarda esa qor yoğişi kutilmoqda. Ba’zi joylarda şamol tezligi 20–22 m/s gaça kuçayib, çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.

Toşkentda keçqurun yomğir yoğadi

Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, keçqurun yomğir yoğişi kutilmoqda.

Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Ayrim paytlarda tezligi 12–14 m/s gaça kuçayib, çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin.

Harorat keçasi 11–13 daraja, kunduzi esa 23–25 daraja iliq böladi.

Qoraqalpoğiston va Xorazmda havo soviydi

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida keçasi hamda ertalab ayrim joylarda yomğir yoğadi. Tuman tuşişi ham mumkin.

Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13–18 m/s, ba’zan esa 20–22 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda.

Harorat keçasi 2–7 daraja, kunduzi 6–11 daraja iliq böladi. Ustyurtda keçasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja iliq bölişi prognoz qilingan.

Buxoro va Navoiyda yoğingarçilik kam böladi

Buxoro va Navoiy viloyatlarida asosan yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Navoiy viloyatining ayrim joylarida keçasi va ertalab yomğir yoğişi mumkin.

Ba’zi hududlarda tuman tuşadi. Şamol 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 20–22 m/s gaça kuçayişi mumkin.

Harorat keçasi 10–15 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toşkent viloyatida yomğir

Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida keçqurun yomğir yoğişi kutilmoqda. Ğarbiy şamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s, ba’zan 20–22 m/s gaça kuçayadi. Çang-tözon ham kuzatilişi mumkin.

Harorat keçasi 9–14 daraja, kunduzi 20–25 daraja iliq böladi.

Janubda 27 darajagaça iliq böladi

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 20–22 m/s gaça kuçayişi mumkin.

Harorat keçasi 12–17 daraja, kunduzi esa 22–27 daraja iliq böladi.

Farğona vodiysida tuman tuşişi mumkin

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin.

Şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Ayrim hududlarda 20–22 m/s gaça kuçayişi va çang-tözon kuzatilişi mumkin.

Harorat keçasi 2–7 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.

Toğlarda yomğir va qor yoğadi

Respublikaning toğli hududlarida ayrim joylarda yomğir va qor yoğişi, ba’zi hududlarda esa yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin.

Tuman tuşişi ehtimoli bor. Şamol 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 15–20 m/s gaça kuçayadi.

Harorat keçasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 1–3 daraja sovuq, kunduzi esa 12–17 daraja iliq böladi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri 25-noyabr uçun ob-havo ma’lumotlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek