Ilon Mask AQŞdagi har bir bolaga ikkita SpaceX aksiyasi berişni va’da qildi

Ilon Mask AQŞdagi har bir bolaga SpaceX kompaniyasining ikkita aksiyasini berişini ma’lum qildi. Axios hisob-kitobiga köra, bunday sovğaning umumiy qiymati hozirgi narxlarda $18,35 mlrddan oşişi mumkin.
Mask X’dagi postida har bir bola ikkita aksiyaga ega bölişini, ulardan biri SpaceX tomonidan, ikkinçisi esa uning şaxsiy uluşidan berilişini aytdi.
Avval bir dona aksiya va’da qilingandi
Mask 19-oktabr kuni AQŞdagi har bir bolaga 2027-yilda SpaceX’ning bittadan aksiyasini berişini aytgan edi.
Öşa paytda Axios uşbu sovğaning umumiy qiymatini qariyb $10,5 mlrd deb hisoblagan. AQŞda 18 yoşgaça bölganlar soni 72 mln nafardan ortiq ekani qayd etilgan.
Endi Mask aksiyalar sonini ikki baravar oşirib, har bir bola uçun ikkita aksiya berişini ma’lum qildi.
Umumiy qiymati $18,35 mlrd
Axios hisob-kitobiga köra, AQŞda taxminan 72 mln nafar voyaga yetmagan bor.
SpaceX aksiyalarining 25-noyabrdagi yopiliş narxidan kelib çiqilsa, ikki donadan aksiya tarqatişning bozor qiymati $18,35 mlrd atrofida böladi.
Bu Miçael Dell tomonidan «Trump accounts» uçun ajratilgan $6,25 mlrdlik mablağdan qariyb uç baravar köp. Dell uşbu mablağ orqali 25 mln bolaning hisobiga $250 dan boşlanğiç sarmoya kiritişni rejalaştirgan edi.
SpaceX aksiyalari bir oyda 13% arzonlaşdi
Axios qayd etişiça, Maskning oktabrdagi dastlabki va’dasidan keyin SpaceX aksiyalari qiymati qariyb 13% ga pasaygan.
Bunga sun’iy intellekt bilan boğliq kompaniyalar aksiyalaridagi umumiy sotuvlar fon bölgan.
Şunga qaramay, Maskning SpaceX’dagi uluşi milliardlab aksiyalardan iborat ekani sabab bunday tarqatiş uning kompaniyadagi nazoratiga sezilarli ta’sir qilmasligi kutilmoqda.
SpaceX avval ham bolalar hisoblariga aksiya ajratgan
Bu SpaceX tomonidan bolalarga aksiya berişga oid ilk taşabbus emas.
2026-yil iyulida kompaniya operatsion direktori Gwynne Şotwell 2 mln «Trump account»ga bittadan SpaceX aksiyasi berişini ma’lum qilgan edi.
«Trump accounts» — bolalar uçun soliq imtiyoziga ega jamğarma va investitsiya hisoblari. 2025 – 2028-yillarda tuğilgan bolalar uçun AQŞ Ğaznaçiligi bunday hisoblarni $1 ming boşlanğiç mablağ bilan oçişni közda tutgan.
Aksiyalar qaçon tarqatilişi noma’lum
Mask yangi aksiyalarni qaçon va qanday mexanizm orqali tarqatişini hozirça tuşuntirmagan.
Şuningdek, «AQŞdagi har bir bola» deganda faqat AQŞ fuqarolari nazarda tutiladimi yoki mamlakatda yaşovçi barça voyaga yetmaganlar qamrab olinadimi, degan savolga ham aniq javob berilmagan.
Avvalroq «Kursiv» Ilon Mask MAGA harakatiga mansubligini rad etgani haqida yozgan edi.