Banklarda avtokreditlar böyiça foiz stavkalari biroz pasaydi

23-noyabr holatiga köra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning sönggi 10 iş kuni böyiça foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar böyiça örtaça foiz stavkasi 22 foizdan 21,9 foizga tuşdi. Şundan jismoniy şaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan taşqari) örtaça foiz stavkasi 22,4 foizni, yuridik şaxslar uluşi esa 22,9 foizni körsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkasi «Asaka bank» tomonidan taklif qilingan bölib, 19 foizni taşkil etdi. Bungaça eng kam foiz «Ipoteka-bank» (18,3%) tomonidan taklif qilingandi.
Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:
- «Asaka bank» – 19%;
- «Ipoteka-bank» – 19,4%;
- «Aloqabank» – 20%;
- «Apexbank» – 20,5%;
- «Milliy bank» – 21,1%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:
- «Anorbank» – 29,7%;
- «Agrobank» – 28%
- «Hamkorbank» – 27,8%;
- «Davr bank» – 25,6%;
- «Garant bank» – 24,3%.
Markaziy bank izohiga köra, avtomobil işlab çiqaruvçilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bölişi mumkin. Şuningdek, avtokreditlar böyiça stavkalar avtomobil turi, yoşi, boşlanğiç badal miqdori va boşqa şartlarga qarab farq qiladi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar böyiça örtaça foiz stavkasi 27,5 foizdan 27,6 foizga oşdi. Şundan jismoniy şaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan taşqari) örtaça foiz stavkasi 22,4 foizni, yuridik şaxslar uluşi esa 22,9 foizni körsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- «AVO bank» – 39,9%;
- «Uzum bank» – 38%;
- «Ipak Yuli bank» – 36%;
- «Tenge bank» – 35,4%;
- «Davr bank» – 34,6%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Mikrokreditbank» (21,8%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval ham eng kam foiz stavkasi 21,8% bölib, uni ham «Mikrokreditbank» taklif etgandi.
Bundan taşqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:
- «Mikrokreditbank» – 21,8%;
- «Asakabank» – 22,3%;
- «Trastbank» – 23,9%;
- «Infinbank» – 24%;
- «SQB» – 24,1%.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda ipoteka foiz stavkalari pasayişi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Bunga inflyatsiyaning sekinlaşişi, uzoq muddatli moliyaviy resurslarning köpayişi hamda mamlakat xalqaro kredit reytingining yaxşilanişi ta’sir körsatişi mumkin.