Özbekistonda qöriqlaş sohasiga xususiy sektor jalb etiladi

eʼlon qilindi
Qöriqlaş xizmatlari raqamlaştiriladi
Özbekistonda qöriqlaş sohasiga xususiy sektor jalb etiladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev qöriqlaş xizmatlari sifati va qamrovini oşiriş böyiça taqdimot bilan tanişdi. Mamlakatda qöriqlaşning sakkizta yangi xizmat turini joriy etiş, sohaga xususiy sektorni keng jalb qiliş va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş taklif etildi.

Sönggi ön yilda Özbekistonda ijtimoiy va savdo obyektlari soni 150 mingdan 500 mingtaga, uy-joylar soni esa 1,5 mlndan 8 mlntaga köpaygan. Biroq mavjud qöriqlaş xizmatlari aholi va tadbirkorlarning ehtiyojlarini töliq qondirmayapti.

Qöriqlaş xizmatlari raqamlaştiriladi

Mavjud beşta axborot tizimini birlaştirib, «Raqamli qöriqlaş» yagona axborot tizimini joriy etiş taklif qilindi. U orqali qöriqlaş xizmatlari böyiça şartnomalarni elektron şaklda tuziş, tölovlar haqida onlayn ma’lumot oliş va tezkor guruhlar harakatini real vaqt rejimida kuzatiş mumkin böladi.

Şuningdek, sun’iy intellekt yordamida ehtimoliy xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va ularning oldini oliş rejalaştirilgan.

Tansoqçilik va virtual SOS xizmatlari yölga qöyiladi

Mavjud oltita qöriqlaş xizmatiga qöşimça ravişda sakkizta yangi xizmat turini joriy etiş taklif qilindi. Jumladan, xonadonlarga zamonaviy nazorat qurilmalarini örnatiş, mobil telefon orqali virtual SOS tizimi yordamida tezkor yordam çaqiriş imkoniyatini yaratiş közda tutilgan.

Investorlar, sayyohlar va tadbirkorlarga tansoqçilik xizmatlarini körsatiş, oilaviy tadbirlarda jamoat tartibini saqlaş, dronlar yordamida kuzatuv olib boriş hamda mavsumiy obyektlarni qöriqlaş rejalaştirilmoqda.

Köp qavatli uylarda domofon va xavf haqida xabar beruvçi tugmalarni örnatiş amaliyoti ham joriy etilişi mumkin.

Sohaga xususiy sektor jalb qilinadi

Qöriqlaş sohasida raqobatni rivojlantiriş uçun xususiy taşkilotlarga zarur huquqiy va taşkiliy şaroitlar yaratiş taklif etildi. Xususiy kompaniyalar tomonidan qöriqlaş qurilmalarini örnatiş, sozlaş va ularga texnik xizmat körsatiş böyiça yagona talablar belgilanişi közda tutilgan.

Şuningdek, qöriqlaş qurilmalarini mahalliylaştiriş darajasini 30 foizdan 60 foizga, işlab çiqariş quvvatini esa oyiga 10 mingtadan 30 mingtaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu qurilmalar tannarxini 1,7 baravarga kamaytiriş imkonini beradi.

Milliy gvardiyaning vakolatlari kengaytiriladi

Milliy gvardiya tomonidan qöriqlanişi mumkin bölgan obyektlar turlarini 13 tadan 24 taga yetkaziş taklif etildi. Şuningdek, uning jismoniy va texnik qöriqlaş, tansoqçilik hamda tadbirlarda jamoat tartibini saqlaş böyiça xizmatlari kengaytirilişi mumkin.

2027-yilda qöriqlanadigan obyektlar sonini 337 mingtadan 600 mingtaga, tezkor harakatlanuvçi guruhlar sonini 630 tadan 800 taga yetkaziş maqsad qilingan.

Bundan taşqari, qöşimça 1,5 mingta mahallada patrullik xizmatini taşkil etiş va qöriqlaş xizmati xodimlari sonini 8 ming nafarga oşiriş rejalaştirilgan. Prezident mutasaddilarga aholi uçun sifatli va hamyonbop qöriqlaş xizmatlarini yölga qöyiş böyiça topşiriqlar berdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq jamoat xavfsizligi universitetida qabul kvotasi oşişi xabar qilingandi. 2026/2027-öquv yilidan Jamoat xavfsizligi universitetida bakalavriatning kunduzgi ta’lim şakliga qabul kvotasi 600 nafargaça, masofaviy ta’limga esa 300 nafargaça oşiriladi.

Shuningdek