Sindarov jahon çempionligi matçidagi tanaffusda nima qiladi

eʼlon qilindi
Bobosi Sindarovning şaxmatga kirib kelişida muhim rol öynagan
Foto: Uzchess

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Jenevada ötayotgan jahon çempionligi matçidagi birinçi dam oliş kunini oilaviy bayram bilan ötkazmoqçi. 27-noyabr kuni uning bobosi Komil Sindarovning tuğilgan kuni. U nabirasini qöllab-quvvatlaş uçun Şveysariyaga borgan. Grossmeyster bu haqda 26-noyabr kuni uçinçi partiyadan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.

Jahon çempionligi uçun amaldagi çempion Gukeş Dommarajuga qarşi bahs olib borayotgan Javohir Sindarov matçdagi tanaffusdan nafaqat dam oliş, balki bobosining tuğilgan kunini nişonlaş uçun ham foydalanmoqçi.

Sindarovning aytişiça, 27-noyabr — bobosining tuğilgan kuni. U ham Jenevaga nabirasini qöllab-quvvatlaş uçun kelgan.

Şu sababli şaxmatçi dam oliş kunida bobosi bilan vaqt ötkazişni rejalaştirgan.

Bobosi Sindarovning şaxmatga kirib kelişida muhim rol öynagan

Javohir Sindarovning şaxmatga qiziqişi bolaligidan boşlangan. U 4,5 yoşida bobosi Komil Sindarovning şaxmat öynayotganini kuzatgan. Ertasi kuni esa körgan yurişlarini xotirasidan qayta tiklagan. Bu holat uning ilk murabbiyini hayratda qoldirgan.

Komil Sindarov nabirasining qobiliyatini payqab, uni şaxmat maktabiga olib borgan. Keyinçalik Javohirning professional şaxmatçi bölib yetişişida ham faol qatnaşgan.

Qayd etiş joiz, Komil Sindarov yuridik fanlar doktori bölib, 2013-yilda nabirasining şaxmatdagi rivojlanişiga köproq vaqt ajratiş uçun sudyalik faoliyatini tark etgan. U, şuningdek, Özbekiston şaxmat federatsiyasi birinçi vitse-prezidenti lavozimida ham işlagan va «Çempionlik sirlari» kitobini yozgan.

ChessBase India naşrining matç boşlanişidan oldingi materialida ham bobosi Sindarovning hayotidagi alohida örni qayd etilgan. Unda grossmeyster bobosi uning har bir partiyasini kuzatib borişi, öyin tugamagunça uxlamasligini aytgan.

Jenevadagi matçda hisob teng

Sindarov va Gukeş örtasidagi jahon çempionligi matçining uçinçi partiyasi 26-noyabr kuni 60-yurişda durang bilan yakunlandi. Şundan söng umumiy hisob 1,5:1,5 körinişini oldi.

27-noyabr matç iştirokçilari uçun dam oliş kuni böldi. Törtinçi partiya 28-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanişi rejalaştirilgan. Unda Sindarov qora donalarda öynaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bibisora Assaubayeva Sindarov bilan munosabatlaridagi muhim sanaga işora qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek