Toşkentda noqonuniy call-markazlar foş etildi — 122 nafar çet el fuqarosi aniqlandi

eʼlon qilindi
64,9 ming USDT noqonuniy aylantirilgan
Foto: DXX

Toşkent şahrida xorijiy fuqarolar tomonidan noqonuniy taşkil etilgan ikkita call-markaz faoliyati foş etildi. Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati va Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan ötkazildi.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, call-markazlarda jami 122 nafar çet el fuqarosi aniqlangan.

Ular Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlari fuqarolari ekani qayd etilgan.

$18,5 ming va 1 mingdan ortiq SIM-karta olindi

Tezkor tadbir davomida uşbu şaxslardan $18,5 ming, 116,5 mln söm, 67 ta noutbuk, 569 ta uyali aloqa vositasi, oltita Wi-Fi qurilmasi, uçta sun’iy yöldoş aloqa qurilmasi, beşta kompyuter va uçta planşet aşyoviy dalil sifatida olingan.

Bundan taşqari, xorijiy davlatlar mobil operatorlariga tegişli 1 mingdan ortiq SIM-karta ham olib qöyilgan.

Xorijiy fuqarolarning pullarini özlaştirişgan

Dastlabki ma’lumotlarga köra, uşbu şaxslar Yevropa va Şarqiy Osiyo mamlakatlarida ommalaşgan onlayn platformalar orqali firibgarlik sxemalarini amalga oşirgan.

Şuningdek, ular virusli havolalarni yuboriş orqali xorijiy davlatlar fuqarolarining pul mablağlarini özlaştiriş bilan şuğullanganlikda gumon qilinmoqda.

64,9 ming USDT noqonuniy aylantirilgan

Tekşiruv davomida uşbu şaxslar tomonidan jami 64 895 USDT miqdoridagi kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasi amalga oşirilgani ham aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Andijonda qöl-oyoği boğlangan ayolning jasadi aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek