Ohangaronda Lacetti urib yuborgan piyoda halok böldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Piyoda voqea joyida vafot etgan
Foto: YPX

26-noyabr kuni soat taxminan 21:00 da Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida halok böldi. Bu haqda Toşkent viloyati IIBB YHXB xabar berdi.

Hodisa tumanning Şodmalik mahallasidan ötuvçi A373 avtomobil yölining 35-kilometrida yuz bergan.

Ma’lum qilinişiça, 1987-yilda tuğilgan N.X. Lacetti rusumli avtomobilni boşqarib ketayotib, yölni belgilanmagan joydan kesib ötayotgan 1982-yilda tuğilgan piyodani urib yuborgan.

Piyoda voqea joyida vafot etgan

Töqnaşuv oqibatida piyoda oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

YHXB haydovçilarni avtomobil yöllarida piyodalarga nisbatan ehtiyotkor bölişga, piyodalarni esa yölni faqat belgilangan joylardan kesib ötişga çaqirdi.

Avvalroq Andijon viloyatining Asaka tumanida Damas haydovçisi temir yöl kesişmasidagi yöl belgisi talabiga rioya qilmagani oqibatida poyezd bilan töqnaşgandi.

Shuningdek