Jizzaxda 100 mln sömlik suv qarzini yöq qilişni va’da qilgan xodim uşlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi
Jizzaxda 100 mln sömlik suv qarzini yöq qilişni va’da qilgan xodim uşlandi
Foto: Departament

Jizzax viloyatida içimlik suvi uçun hisoblangan 100 mln sömlik qarzdorlikni 9 mln söm evaziga yöq qilib berişni va’da qilgan «Jizzax suv ta’minoti» AJ mutaxassisi uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, korxona mutaxassisi MÇJ rahbariga uning içimlik suvi tarmoğiga oid hujjatlari soxta ekanini hamda suv tarmoğiga noqonuniy ulanganini aytgan.

Xodim 9 mln söm evaziga hisoblangan qarzdorlikni bekor qiliş va yangi suv hisoblagiç örnatib berişni va’da qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi

Departament ma’lumotlariga köra, mutaxassis dastlab 2,4 mln sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan. U qolgan 6,6 mln sömni olayotgan vaqtda tezkor tadbir davomida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Toşkentda noqonuniy call-markazlar foş etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek