Özbekistonda 2 mlrd sömdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi

Özbekistonning oltita tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi. Qoidabuzarliklar işlab çiqariş korxonasi, umumiy ovqatlaniş şoxobçasi, fermer xöjaliklari, savdo dökoni va xonadonda qayd etilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Eng yirik qoidabuzarlik Yangiyölda aniqlandi
Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida işlab çiqariş korxonasidagi elektr hisoblagiçga taşqi ta’sir körsatiş orqali 843 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Toşkent şahrining Yunusobod tumanida esa umumiy ovqatlaniş şoxobçasi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan töğri ulanişi oqibatida 593,7 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Fermer xöjaliklarida ham qonunbuzarliklar qayd etildi
Namangan viloyatining Çortoq tumanida fermer xöjaligi mas’ullari suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmoğiga noqonuniy ulagan. Oqibatda 534,8 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Şunga öxşaş holat Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida ham aniqlangan. Fermer xöjaligi suv nasosini elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, 190 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Jinoyat işlari qözğatildi
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi savdo dökonida ham elektr tarmoğiga noqonuniy ulaniş holati aniqlangan.
Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida esa fuqaro öz xonadonini elektr tarmoğiga noqonuniy ulab, 101,4 mln sömlik elektr energiyasidan foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Jizzaxda 100 mln sömlik suv qarzini yöq qilişni va’da qilgan xodim uşlangani haqida yozgan edi.