Özbekistonda 30 ta harbiy atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Tarixiy harbiy atamalar qayta muomalaga kiritilmoqda
Özbekistonda 30 ta harbiy atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi
Foto: SI

Özbekistonda harbiy sohada qöllanib kelinayotgan 30 ta xorijiy atamaning özbek tili qoida va me’yorlariga moslaştirilgan şakllari tasdiqlandi. Jumladan, bronejilet «zirhnimça», blokpost «tösiqpost», protivogaz «gazniqob», blindaj esa «panajoy» deb yuritiladi. Bu haqda Özbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Yangi atamalar Mudofaa vazirligi huzurida jamoatçilik asosida faoliyat yurituvçi Atamalar böyiça işçi guruh takliflari asosida işlab çiqilgan.

Mazkur takliflar Davlat tilini rivojlantiriş departamentida jamlanib, Atamalar komissiyasi tomonidan soha mutaxassislari iştirokida ekspertizadan ötkazilgan.

Tarixiy harbiy atamalar qayta muomalaga kiritilmoqda

Yangi tasdiqlangan atamalarning bir qismi özbek tilining söz yasaş qoidalari asosida şakllantirilgan bölsa, ayrimlari tarixiy yozma manbalarda qöllanib kelingan sözlardan olingan.

Xususan, hamla, şinak, dovul, burğu, erovul, jiğa, xandaq, bong va börk kabi atamalar «Boburnoma», «Zafarnoma», «Qutadğu bilig», «Devonu luğotit turk» hamda boşqa mumtoz asarlarda uçraydi.

Zirhnimça, gazniqob, zarband, yukxalta, zanjirboğ va tösiqpost kabi atamalar esa mavjud sözlarni birlaştiriş orqali hosil qilingan.

Rasmiy muomalaga kiritiladigan 30 ta harbiy atama

№Xorijiy atamaTasdiqlangan o‘zbekcha muqobili
1AkselbantZarband
2AmbrazuraShinak
3AtakaHamla
4BarabanDovul
5BarabanchiDovulchi
6BlindajPanajoy
7BlokadaQamal
8BronejiletZirhnimcha
9BlokpostTo‘siqpost
10VeshmeshokYukxalta
11GauptvaxtaBandixona
12GornBurg‘u
13GornchiBurg‘uchi
14DiversiyaQo‘poruvchilik
15DiversantQo‘poruvchi
16DubinkaDarra
17DozorErovul
18KokardaJig‘a
19KotelokQozoncha
20MishenNishon
21OkopXandaq
22ProtivogazGazniqob
23RejimTartibot
24TransheyaXandaq yo‘lagi
25TrevogaBong
26TrenchikZanjirbog‘
27TribunalHarbiy mahkama
28FurajkaBo‘rk
29FortifikatsiyaIstehkom
30ShevronUqa

Manba: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi.

Avvalroq «Kursiv» yangi alifboga ötiş tartibi belgilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek