Dollar kursi 14 sömga oşdi — hafta tahlili

eʼlon qilindi
Haftalik eng yuqori va eng past kurs örtasidagi tafovut 29,81 sömni taşkil etdi
Dollar kursi 13 sömga oşdi — hafta tahlili
Foto: depositphotos

Özbekistonda dollar kursi hafta davomida dastlab pasayib, sönggi ikki kunda yana kötarildi. Kursiv Uzbekistan AQŞ valyutasining 24-28-noyabr kunlari uçun belgilangan kurslarni tahlil qildi.

Dollar kursi hafta davomida qanday özgardi?

Hafta boşida AQŞ valyutasining sömga nisbatan qadrsizlanişi kuzatildi. Xususan, 24-noyabr kuni dollar 1,55 sömga arzonlab, 12 002,93 sömni taşkil etdi.

Manba: Markaziy bank

25-noyabr kuni dollar kursi 12,39 sömga pasayib, 12 ming sömlik çegaradan pastga tuşdi va 11 990,54 sömni taşkil qildi. 26-noyabr kuni esa Amerika valyutasi yana 2,65 sömga arzonlab, haftalik eng past körsatkiç — 11 987,89 sömga yetdi.

Biroq 27-noyabrdan boşlab dollar kursida ösiş qayd etildi. Şu kuni AQŞ valyutasi 14,21 sömga qimmatlaşib, 12 002,10 sömni taşkil etdi. 28-noyabr kuni ham ösiş davom etib, dollar kursi 12 017,70 sömga yetdi.

Dollar ikki kunda qariyb 30 sömga qimmatlaşdi

Haftaning dastlabki uç kunida dollar kursi jami 16,59 sömga pasaygan bölsa, keyingi ikki kunda 29,81 sömga kötarildi.

Amerika valyutasi hafta boşidagi yöqotişlarini töliq qoplab, haftani ösiş bilan yakunladi. Haftalik eng yuqori va eng past kurs örtasidagi tafovut 29,81 sömni taşkil etdi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri 28-noyabr uçun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek