Mast holda avtomobil boşqarganlar ikki yilgaça qamaladi: yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jazo kuçaytiriladi

Özbekistonda transport vositasini mast holda boşqarganlik, avtomobil boşqaruvini voyaga yetmaganlarga topşirganlik hamda belgilangan tezlikni oşirganlik uçun jazo kuçaytirilmoqda. Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisida yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan qonun ma’qullandi.
Mast holda avtomobil boşqarganlar ikki yilgaça qamalişi mumkin
Jinoyat kodeksining 261¹-moddasiga kiritilayotgan özgartirişlarga muvofiq, transport vositasini takroran alkogolli mastlik holatida boşqarganlik uçun bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.
Voyaga yetmaganlarga avtomobil boşqaruvini topşirganlar jazolanadi
Jinoyat kodeksi yangi 261³-modda bilan töldirilmoqda. Unga köra, transport vositasini boşqarişni voyaga yetmagan şaxsga topşiriş oqibatida örtaça oğir yoki oğir tan jarohati yetkazilsa, uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi mumkin.
Agar mazkur harakat inson ölimiga yoki boşqa oğir oqibatlarga olib kelsa, uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, voyaga yetmaganlarga transport vositasi boşqaruvini topşirganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 50 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq jazosi belgilanmoqda.
Tezlikni oşirganlik uçun jarimalar köpaytiriladi
Qonunga muvofiq, belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun BHMning 25 baravarigaça, 60 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun esa 45 baravarigaça jarima belgilanmoqda.
Belgilangan tezlikni soatiga 80 kilometrdan ortiq oşirgan haydovçilarga BHMning 65 baravarigaça jarima soliş va ularni olti oy muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş nazarda tutilmoqda.
Noqonuniy avtopoyga va drift uçun ham javobgarlik kuçaytiriladi
Qonunda noqonuniy avtomobil poygalarini taşkil etiş va ularda qatnaşiş, sababsiz drift qiliş, xavfli manyovrlarni amalga oşiriş hamda boşqa harakat iştirokçilariga qasddan tösqinlik qiliş uçun javobgarlikni kuçaytiriş ham nazarda tutilgan.
Senatorlarning ta’kidlaşiça, qonundan közlangan asosiy maqsad xavfli qoidabuzarliklarning oldini oliş, haydovçilarning mas’uliyatini oşiriş hamda insonlar hayotini asraşdan iborat.
Qonun Senat tomonidan ma’qullangan bölib, yangi jazolar hali kuçga kirgani yöq.
Avvalroq «Kursiv» Avtomobil uçun elektron işonçnomani qanday oliş mumkinligi haqida yozgan edi.