MrBeastning yangi videosida Özbekiston şaharlari namoyiş etildi

Amerikalik taniqli YouTube bloger MrBeastning «Lamborginida dunyoni aylanib çiq va uni özingda olib qol» nomli yangi videosida Özbekiston şaharlari namoyiş etildi. 28-noyabr kuni taqdim etilgan rolik 17 soat içida 38,5 mln marta körilib, 682 mingta layk va 38 mingdan ortiq izohlar töpladi.
Videoda ikki iştirokçi qizil Lamborghini superkarida dunyo böylab sayohat qiladi. Çellenj şartiga köra, safarni muvaffaqiyatli yakunlagan iştirokçilarga avtomobil sovğa qilinadi.
Özbekiston epizodi va suratga oliş jarayoni
Özbekiston kadrları videoning taxminan 36-daqiqasidan boşlanib, 10 daqiqaga yaqin davom etadi. Unda Toşkent, Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlarida tasvirga olingan lavhalar örin olgan.
MrBeast 2026-yilning 9 – 10-oktabr kunlari Özbekistonda bölgan edi. Bloger Toşkentda muxlislari bilan uçraşgandan söng Samarqandga yöl olgan.
Tarixiy şaharlar böylab davom etgan tasvirga oliş işlari
Bloger safarni yakunlagaç, suratga oliş jamoasi işni davom ettirib, mamlakatning boşqa tarixiy şaharlarida ham kadrlar tayyorlagan. Uşbu loyiha dunyodagi eng maşhur YouTube blogerlardan birining keng xalqaro auditoriyasiga Özbekiston şaharlari va madaniy merosini namoyiş etiş imkonini berdi.
Avvalroq Kursiv naşri MrBeast Toşkentda muxlislariga pul tarqatgani haqida xabar bergan edi.