Rossiya Federatsiyasi chet elliklar uchun mehnat patentining amal qilish muddati uch yilga uzaytirilishiga tayyor

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri

Uni berish muddati esa besh kunga qisqartirildi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi chet ellik ishchilar, jumladan, o‘zbekistonliklar uchun mehnat patentining amal qilish muddatini bir yildan uch yilgacha uzaytirishga rozi bo‘ldi. Bu taklifni Rossiya prezidenti huzuridagi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Boris Titov ilgari surdi.

Idora, shuningdek, patent berish muddatini 10 kundan 5 kungacha qisqartirishini ko’rsatdi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Boris Titov qonunga ko’ra, patent olish uchun arizani ko’rib chiqishning maksimal muddati 10 kun ekanligini yozgan edi. Biroq, migrantlarga kerakli hujjatlarni to‘plash va rasmiylashtirish uchun yana 20 kun kerak bo‘ladi. Natijada, xodim har yili bir oy davomida ish jarayonidan chetda qoladi, tadbirkorlar esa ishl to’xtashidan zarar ko‘radi.

Shuningdek