O‘zbekiston Telegram kanallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda

eʼlon qilindi

O‘zbek segmentidagi chatlar soni 17 mingdan oshdi.

Rossiyalik media-maslahatchi, Beelinening PR bo‘limi rahbari Georgiy Lobushkinning aytishicha, O‘zbekiston Telegram kanallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.

«Ko‘pchilik bilmaydi, biroq O‘zbekiston Telegramdagi kanallar soni va ularning auditoriyasi bo‘yicha hozir (Rossiyadan keyin) ikkinchi o‘rinda turadi. U yerda bozor juda faol rivojlanmoqda va juda istiqbolli ko‘rinadi», — dedi Lobushkin.

Uning fikricha, messenjerning o‘zbek segmentidagi kanallar soni 123 mingdan oshdi, 17 mingdan ortiq chat mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda O‘zbekistonda Telegram ulushi 80 foizni tashkil etgan bo‘lsa, WhatsApp va Viber mos ravishda 22 va 2 foizni tashkil qilgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha hisobda 18 millionga yaqin o‘zbekistonlik Telegramdan foydalanadi.

2023 yil fevral oyi o‘rtalarida Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer Facebook ilovasini chetlab o‘tib, dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqqanini ma’lum qildi.

Shuningdek