Markaziy Osiyo IT sektori istiqbollari qanday

eʼlon qilindi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining hududiy bosh iqtisodchisi Erik Livni Markaziy Osiyoda IT sektorida katta tajribaga ega.Mutahassisning fikricha oxirgi bir necha yil davomida vaziyat ancha o‘zgargan. Erik Livni o’z ruknida Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’izistonlik ishqibozlar va mutaxassislarga dunyo yetakchilaridan ortda qolmaslikni va ularning  istiqbollari qayerda ekanligini aniqlashga nima imkon berishi mumkinligini aytib berdi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining hududiy bosh iqtisodchisi Erik Livni/Foto Roman Fedotov

Orzuga ayb yo‘q

2011 – yillarning boshida gruzin iqtisodiyoti  milliy raqobarbardoshligi to‘g‘risida doklad yozishga kirishganimda odatdagidek qo‘shni davlatlar (Armaniston)ning iqtisodiy ustunliklariga nazar solishga qaror qildim. Aholi jon boshiga uch ming dollar to‘g‘ri keladigan Armaniston iqtisodiyoti menda achinarli taasurot qoldirdi.  Insonlar chetga doimiy yashash manzili hamda pul ishlab topish maqsadida turli yo‘llarni qidirar edi.Menga aytib berishlaricha(haqiqat yoki yolg‘on bilmayman) hukumat aholini ro‘yxatga olib chiqishdan hayiqar,  dushmanlar mamlakatda qanchalik oz miqdorda arman qolganini bilib qolishi mumkin ekan. Arman ma’ruzasida mamlakatning kelajakdagi rivojlanishining asosi sifatida «bilimli va ijodiy inson kapitali» haqidagi bayonotlarni topish yanada hayratlanarli edi. Ha, orzuga ayb yo’q deb o’yladim.

Ikki yil o’tib  men ushbu  hali ham kambag‘al davlatga xizmat safari uyushtirganimda, fikrlarimni umuman o‘zgartirishimga to‘g‘ri keldi. Yerevan kreativ texnologiyalar markazi Tumo ga birinchi tashrifimdan bu yer haqida fikrlarim tubdan o‘zgarib ketgan,  chunki bu yerda minglab o‘smirlar raqamli hamda ijodiy bilimlarni – storytelling va dasturlashdan tortib video o’yinlar hamda robototexnikagacha, ovoz va suratlarni raqamlashtirishdan  to‘liq film yaratishgacha  mutlaqo bepul tarzda ta’lim olishayotganini ko’rdim. Ulkan futuristik binoning ikkinchi qavati derazasidan turniketdan asabiy holda navbatini kutayotgan o‘quvchilarga qarab turar ekanman, bu yerda juda ham muhim jarayonlar sodir bo‘layotgani ayon edi. Meni qo‘limga tushgan ma’ruzada orzu qilingan milliy raqobatbardoshlik asoslari shu yerda yaratilmoqda edi.

Oldinga tezlik bilan nigoh tashlash orqali 2021 – yilda Armaniston sharqiy Yevropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlari ichida kompyuter xizmatlari eksporti bo‘yicha o‘zining bozor iqtisodiyoti islohotlari bilan mag‘rur Gruziya va neftga boy Qozog’istonni ortda qoldirib, birinchi o‘ntalikka kirganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Past startdan, yuqori natijagacha

Kompyuter xizmatlari eksporti Markaziy Osiyo davlatlari ko‘rsatkichlari reytingi natijalari achinarli holda. Ayni paytda hududning raqobatbardosh tomonlari tabiiy yer qazilmalari va undagi o‘suvchi resurslar ekspluatatsiyasiga asoslangan. Sanoatni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish harakatlari siljimayapti. Yoshlar orasida O‘zbekistondan tashqari, stanok qarshisida ishlashni xohlaydigan aholi qatlami u qadar ko‘p emas. Inson kapitali sifati esa hali raqamli kelajakka  «yorib chiqadigan» darajada yuqori emas. Yorib chiqishga esa, yer shusiz ham boqib turganidan keyin ehtiyoj ham yo’q.

Biroq shunga qaramay IT sohasida Qirg’iziston, O’zbekiston va Qozog’istonda ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda. Qirg’izistonda xususan mamlakatga xarakterli tarzda hukumatning ishtirokisiz o’sish va pasayish tempida ketmoqda. Ayni paytda, Qirg’iziston dasturiy ta’minot va xizmatlarni ishlab chiquvchilar assotsiatsiyasi (KARPOU) yuqori texnologiyalar milliy parkiga asos soldi,  mamlakat ichidagi sektor manfaatlarini muvaffaqiyatli qo’llab-quvvatladi va tashqi bozorlarda assotsiatsiyalangan kompaniyalarni targ’ib qildi. Agar hamma narsa oddiy outsourcing bilan boshlangan bo’lsa, bugungi kunda Qirg’iziston  bir nechta mahsulot kompaniyalari bilan faxrlana oladi. EPAM vakili bo’lgan eng yirik xalqaro outsourcening bozorga chiqishi mamlakatdagi inson kapitalining sifatidan dalolat beradi. Qozog’iston va O’zbekistonda rasmiylar karbon davri o’tmishga aylanib borayotganini va mamlakatlar tobora kuchayib borayotgan poyezdga ulgurish uchun shoshilishlari kerakligini anglab yetdi. Natijada, bizda raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilishi uchun mas’ul bo’lgan ulkan davlat dasturlari, shuningdek, «Maxsus iqtisodiy zonalar» – Qozog’istondagi Astana Hub va O’zbekistondagi IT Park orqali IT  – kompaniyalar va startuplarga beriladigan soliq imtiyozlari va subsidiyalarning keng doirasi mavjud. U yerda ham, bu yerda ham ro’yxatdan o’tgan IT-kompaniyalar soni, kasbiy ish bilan ta’minlash, IT-xizmatlar eksporti hamda mahsulotlar (hatto eng boshlang’ich bosqichda) juda tez o’sib bormoqda. Davlat tomonidan qo’llab – quvvatlanadigan va qisman moliyalashtiriladigan yosh dasturchilar uyda ishlab chiqarilgan kompaniyalar va hamma joyda mavjud bo’lgan xalqaro autsorserlar-EPAM va Exadel (hozircha faqat O’zbekistonda) tomonidan o’qitilmoqda.

Ikki bir biriga bog’liq omil, so’nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining raqamli rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Bir tomondan, pandemiya davlat va xususiy sektorni ish va ta’lim jarayonlarini zudlik bilan raqamli formatga o’tkazish zarurati paydo bo‘ldi. Boshqa tomondan, Rossiya, Belorusiya va Ukrainadan kelgan raqamli tadbirkorlar va IT ishchilarining ommaviy ravishda qayta tiklanishi mezbon mamlakatlar biznesi uchun malakali kadrlarni olish va o’zlari qanday qilib to’g’ri ishlashni o’rganish uchun noyob imkoniyat yaratdi. 1990-yillarning boshlarida sobiq Ittifoq dasturchilari ushbu mamlakatga kelgach Isroil  millatining start up «texnologik bum» boshlab berganini esa yodga olmay iloj yo’q.

Raqamlashtirish – jiddiy va uzoq muddatga

 O’zbekiston bir necha yil oldin raqamli texnologiyalar relsiga chiqdi va qisqa vaqt ichida juda muhim yutuqlarga erishdi. Davlat xizmatlarining ulkan bloki raqamlashtirildi (va shunga mos ravishda korrupsiyadan tozalandi), «Bir million dasturchi» ommaviy o’quv dasturi ishga tushirildi, IT-universitetlar va IT-Park soliq imtiyozlari bilan ochildi. Xususiy biznes ham davlatdan orqada qolmadi. Bozorda allaqachon bir nechta raqamli banklar ishlamoqda, raqobatdosh to’lov dasturlari va Marketplace ishga tushirildi, aholining raqamli va moliyaviy savodxonligi ham o’z navbatida o’sib bormoqda. Agar IT-xizmatlarni eksport qilish haqida gapiradigan bo’lsak, BPO (Business Process Outsourcing) segmenti eng jadal rivojlanayotgan bo‘lib, outsourcing turlaridan biri hisoblanadi, unda o’zbek tashkilotlari xorijiy sheriklarning asosiy bo’lmagan biznes jarayonlarini – kadrlar, buxgalteriya hisobi, call markazlari, yuk tashish logistikasini tashkil etish va boshqalarni o’z zimmasiga oladi. Bu bilan yangi ish o’rinlarini yaratiladi, talabchan xorijiy mijozlar bilan tajriba to’plash imkoniyatiga paydo bo’ladi.

 Keyinchalik bu yanada murakkab, ammo o’z navbatida manfaatli bo’lishi kutilmoqda. Kompyuter xizmatlarini eksport qilish juda katta daromad keltirishi mumkin. Qiziqarli statistika: 2021 yilda Ukraina IT-eksportidan O’zbekiston oltin sotishdan ko’proq daromad oldi bunda IT mahsulotlari eksporti 6,9  milliard dollarni, 6,5 milliard dollar esa oltin eksportini tashkil etdi. 2022 yilda Qozog’iston qariyb 50 milliard dollarga neft eksport qildi, Isroil esa yuqori texnologiyali xizmatlar eksportidan taxminan bir xil miqdorda daromad oldi. Bundan tashqari, 2021 yilda Isroil tarixida birinchi marta xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan oshib ketdi.

O’qish, o’qish va yana o’qish

Markaziy Osiyo mamlakatlari erishilgan yutuqlarda to’xtamasliklari kerak. O’zbekistonning asosiy raqobatbardosh ustunligi bu – katta, juda yosh va chinakam mehnatga layoqatli aholi qatlami. Arzon ishchi kuchini boshqa mamlakatlarga eksport qilish orqali bu afzallikni yo’q qilish emas, balki undan maksimal darajada foydalanishni o’rganish lozim.

Boshlash uchun ushbu murakkab muammoni hal qilish – ta’lim sifatiga juda jiddiy investitsiyalarni talab qiladi. Nazarboyev intellektual maktablari va Nazarboyev universiteti kabi elita muassasalari yaxshi, lekin butun mamlakat sifatli davlat maktablari va maktabdan keyingi o’quv muassasalarining zich va bir hil tarmog’i bilan qamrab olinganida yanada yaxshi bo’lar edi.  Shu o’rinda Armaniston va Vyetnam kabi nisbatan kambag’al mamlakatlarning misoli yaxshi namuna bo‘ladi.

Maktab o’quvchilarining bilim darajasi aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad darajasi bilan bevosita bog’liqdir. Mamlakat qanchalik boy bo’lsa, bolalarni o’qitish imkoniyatlari ham shunchalik baland bo’ladi hamda ularning o’qish, matematika va tabiiy fanlarda «funksional savodxonlik» darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Shunday bo’lganligi sababli, boy davlatlar o’zlarining rivojlanishini yanada tezlashtirish va g’alaba qozongan mamlakatlardan ajralib chiqish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Albatta, nisbatan yaqinda boyib ketgan neft bilan yetakchilikka erishgan davlatlar  tajribasi shuni ko’rsatadiki, pul birdaniga, doim ham bilimga aylanmaydi. Kambag’al mamlakatlarda shunchaki imkoniyat yo’q. Ular nafaqat oltin «o’rta sinf» uchun, balki butun mamlakatda ishlaydigan sifatli xalq ta’limi tizimini rivojlantirish uchun maksimal kuch sarflashlari shart. Armaniston va Vyetnam ko’rsatganidek, ta’limga davlat investitsiyalari katta samara beradi – ularning natijalariga ko’ra, Arman va Vyetnam maktab o’quvchilari bir qator boy mamlakatlardagi tengdoshlaridan ortda qolganlari yo’q va o’zlarining moddiy boyliklariga mos keladigan bilim darajasidan sezilarli darajada oshib ketishdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarini ham aynan shu yo’ldan borishini istardim.

«Miya»larning qochishidan to ko’payishigacha

IT-industriyani rivojlantirishning ikkinchi muhim omili xalqaro hamjamiyatga integrallashuvdir. Tajriba shuni ko’rsatadiki, so’nggi yillarda chet elda shakllangan milliy diasporalar vakillari xalqaro «integratorlar» roliga juda mos keladi. Ko’pchilik bir vaqtning o’zida «Bolashak» va «Umid» dasturlari bo’yicha jo’nab ketishdi, o’qishdi, qimmatli tajriba va networkingga ega bo’lishdi. Kimdir xorijda qoldi, kimdir allaqachon o’z vataniga qaytib kelib halol ishlab topgan  moliyaviy va «ijtimoiy» kapitalidan biznes yaratish uchun foydalanmoqda. Mintaqamizdagi deyarli barcha muvaffaqiyatli IT-loyihalar u yoki bu tarzda diaspora vakillari yoki chet elda bir muncha vaqt yashagan odamlar bilan bog’liqligi bejiz emas. Armanistonlik «Tumo» etnik arman, kelib chiqishi livan-amerikalik bo’lgan muvaffaqiyatli IT-tadbirkor Sem Simonianning moliyaviy ko’magi bilan yaratilgan. Ushbu ajoyib loyiha asoschilari Meri Lu va Pegor Papazianning rezyumelari juda o’xshash. EPAM Systems asoschisi Arkadiy Dobkinning tarixi 1991 – yilda AQShga  ko‘chib kelgan belarusiyalik elektrotexnika muhandisining hikoyasidir.  Pulsar AI, birinchi va hozirgacha yagona muvaffaqiyatli Gruziya start upi, Silikon vodiysida gruziyalik tadbirkorlardan investor va sherikni maqsadli izlash orqali amalga oshirildi.

Markaziy Osiyoning ham allaqachon yosh qahramonlari bor. Yaqinda men Digital Almaty forumida Markaziy Osiyoning yetakchi IT-tadbirkorlari – Almata Academie One asoschisi Erdos Mendibayev, Qirg’iziston IT harakati patriarxi Azis Abakirov, Qozog’istonning eng muvaffaqiyatli startaplaridan biri Parkuor rahbari Amirxon Omarov va eng yirik outsourcer Prime Source bosh direktori Yevgeniy Sherbinin bilan birga chiqish imkoniga ega bo’ldim. Ularning barchasi chet elda o’qib, ishlab kelgach  o’z mamlakatlariga qaytib kelishdi. Ularning ismlari hali butun mintaqada momaqaldiroq emas, lekin ularning ortida o’z mamlakatlarining raqamli va iqtisodiy kelajagi bor.

Ulgurmagan kech qoladi

Google direktorlar Kengashining sobiq raisi Erik Shmidt o’zining yaqinda chop etilgan «Innovatsiya kuchi» maqolasida yozganidek, sun’iy intellekt (AI) davrida texnologik jihatdan ortda qolgan mamlakatlar abadiy ortda qolish xavfi ostidadir. Oldingi barcha texnologik inqiloblardan so’ng – bronzadan po’latga, bug’dan atom energiyasiga va boshqalarga o’tishda – taraqqiyot diskret edi. Yetakchi mamlakatning ustunligini yengish uchun orqada qolganlar shunchaki yangi texnologiyani o’zlashtirishlari lozim edi. AI asri bronza yoki temirdan tubdan farq qiladi, chunki sun’iy intellektdan foydalanish yetakchi mamlakatlarda innovatsion jarayonni oqimga olib keladi hamda ular bilan begonalar o’rtasidagi tafovutni doimiy ravishda oshiradi. Raqamli poyezd hali ketmagan, ammo shoshilish kerak.

 

Shuningdek