Mask: Microsoft Twitter ma’lumotlaridan noqonuniy foydalangan

eʼlon qilindi

Tadbirkor kompaniyani sudga berish bilan tahdid qilgan

Amerikalik milliarder Ilon Mask Microsoftni Twitter ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanganlikda aybladi.

«Ular Twitter maʼlumotlaridan noqonuniy foydalanishgan. Endi sud ishlari vaqti hozir», dedi Mask.

Shu tariqa, tadbirkor Microsoftning joriy yilning 25 aprelidan boshlab Twitterni Smart Campaigns platformasidan olib tashlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi. Bu reklama beruvchilarga Facebook, Instagram va LinkedIn reklama kampaniyalarini boshqarishda yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Microsoft ChatGPT sun’iy intellekt ustida ishlayotgan OpenAI firmasining eng yirik investori hisoblanadi. OpenAI asoschilaridan biri 2018 yilda kompaniyani tark etgan Mask edi.

Shuningdek