Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga rahbarlik qildi

eʼlon qilindi

Ungacha u tashqi ishlar agentligi rahbari vazifasini bajaruvchi edi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoni bilan Baxtiyor Saidovni mamlakat tashqi ishlar vaziri etib tasdiqladi.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Saidovning nomzodini ma’qullagan edi.

2022 yil dekabr oyi oxiridan buyon Saidov tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2021 yil noyabridan 2022 yil 30-dekabrgacha Xalq ta’limi vazirligini boshqargan.

Saidov 2017-2021 yillarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi bo‘lgan. Bungacha u Vazirlar Mahkamasi hamda mamlakatimiz Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) tizimida ishlagan.

Shuningdek