Jo Bayden 2024 yilgi saylovlarda nomzodini ilgari surdi
O’z saylovoldi kampaniyasida u amerikaliklarning shaxsiy huquqlarini himoya qilishga va’da beradi.
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden 25-aprel kuni 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi, xabar bermoqda Reuters.
Oq uyning amaldagi rahbari o’zining saylovoldi tashviqoti videosida amerikaliklarga shaxsiy huquqlarini himoya qilishga va’da beradi, shuningdek, Amerikani yana buyuk qil (MAGA) harakati tarafdorlarini tanqid qilib, oxirgilarni ekstremistlar deb ataydi.
«Biz oldida turgan savol, kelgusi yillarda bizda ko’proq erkinlik yoki kamroq erkinlik, ko’proq huquq yoki kamroq bo’ladimi? Men Amerikani bilaman va biz yaxshi va tarbiyali odamlar ekanligimizni bilaman. Bilaman, biz hali ham halollik va hurmatga ishonadigan va bir-birimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan mamlakatmiz», dedi Bayden saylovoldi tashviqoti videosida.
Eslatib o‘tamiz, Bayden ikkinchi muddatga qayta saylansa, u 86 yoshida prezidentlik lavozimini tark etadi.