Xitoy O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalarini quradi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri

Ular yillik tabiiy gaz sarfini 588 million kub metrga qisqartiradi

O‘zbekistonda Xitoy kompaniyasi tomonidan ikkita fotoelektr quyosh elektr stansiyasi (FES) quriladi. Ular Qashqadaryo va Buxoro viloyatlariga joylashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bitim «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va Xitoyning Energy China Overseas Investment Division China Gezhouba Group Overseas Investment kompaniyasi tomonidan imzolandi.

Har bir FES quvvati 500 MVtni tashkil qiladi. Ularning ishi yillik gaz sarfini 588 million kub metrga qisqartiradi.

Shuningdek