Sukerberg bir kunda 10 milliard dollarga boy bo‘ldi

eʼlon qilindi

Yaxshi choraklik hisobot tufayli

Meta asoschisi Mark Sukerberg atigi bir payshanbada 10,1 milliard dollardan ko‘proqqa boydii, yozadi Forbes. Muvaffaqiyatli choraklik hisobotdan so’ng kompaniya aksiyalari deyarli 14 foizga oshdi.

27-aprel, payshanba kungi savdo kuni yakuniga ko‘ra, Meta aksiyalari bir aksiya uchun 238,56 dollardan sotildi. Sukerbergning boyligi 84,9 milliard dollargacha oshdi. Hozir u dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 14-o‘rinni egallab turibdi.

2022-yilda milliarder, Forbes maʼlumotlariga koʻra, 77 milliard dollar yoʻqotgan. Uning kompaniyasi aksiyalari yil davomida 64 foizga arzonlashgan. Investorlar Metaning metaverseni rivojlantirishga e’tibor qaratish rejalariga shunday munosabatda bo’lishdi.

Ammo yangi yilda Sukerbergning biznesi avj oldi. Yanvar-mart oylarida kompaniya sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hisobiga uch chorakdagi pasayishdan so’ng daromadni 28,65 milliard dollargacha oshirishga muvaffaq bo’ldi.

Shuningdek