O‘zbekistonlik dzyudochi jahon vitse-chempioni bo‘ldi
eʼlon qilindi
60 kg vazn toifasida Dilshodbek Baratov kumush medalni qo’lga kiritdi
O‘zbekistonlik sportchi Dilshodbek Baratov Qatarda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi, xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Baratov 60 kilogrammgacha bo‘lgan sport toifasida ikkinchi bo‘ldi. Oltin medalni ispaniyalik Fransisko Garrigos oladi.
Bu Baratovning jahon chempionatidagi ilk medalidir.
Qatarda dzyudo bo‘yicha jahon chempionati 14-mayga qadar davom etadi. 657 nafar sportchi o’rtasida 15 ta sovrinlar to’plami o’ynaladi.