Yevropa Ittifoqi mudofaa xarajatlarini 70 milliard yevroga oshiradi

eʼlon qilindi

Keyingi bir necha yil ichida

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel Yevropa Ittifoqi davlatlari yaqin uch yilda mudofaa xarajatlarini 70 milliard yevroga oshirishini aytdi.

«Endi Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari o‘zlarida bo‘lgan barcha o‘q-dorilarni Ukrainaga jo‘natishlari kerak, ular tovon pulini keyinroq to‘laydilar», — dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil boshida Yevropa Ukrainaga deyarli 50 milliard yevro miqdorida iqtisodiy, makromoliyaviy va gumanitar yordam ko‘rsatgan. Shundan 10 milliard yevro Ukraina armiyasini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

O‘z navbatida, AQSh hukumati 2022-yilda Kiyevga 77,5 milliard dollar ajratdi. 29,3 milliard dollar Ukraina armiyasiga, 45 milliard dollar esa gumanitar inqirozni bartaraf etishga yo‘naltirildi.

Shuningdek