O‘zbekistonda advokat va buxgalterlarga talab oshdi
eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra
O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-aprel oylarida yuridik va buxgalteriya xizmatlariga talab o‘tgan yilga nisbatan 33,2 foizga oshdi, xabar bermoqda Statistika agentligi.
Pul ko‘rinishida respublika bo‘yicha xizmatlar hajmi 398,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Asosiy qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi – 79,2 foizi yoki 315,7 mlrd.