Toshkent dunyoning eng yaxshi shaharlari reytingida o‘z o‘rnini yo‘qotdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
13 qatorga tushib, 157-o‘rinni egalladi

Economist Intelligence Unit (EIU) (tahlil kompaniyasi) dunyoning eng yaxshi shaharlari reytingini tuzib chiqdi. Yil davomida Toshkent unda 13 pog‘onaga tushib ketdi va 157-o‘rinni egalladi.

Foto: kursiv.media

Eng yaxshi shahar Avstriyaning poytaxti Vena bo‘ldi. Unga yetakchi o‘rinni iqtisodiy barqarorlik, ishonchli infratuzilma, yuksak madaniyat, tibbiyot va ta’lim olib keldi.

EIU bu shahar so‘nggi bir necha yil ichida doimiy ravishda o‘z reytinglarida birinchi o‘rinni egallab turganini ta’kidladi.

Ikkinchi o‘rinda Kopengagen joylashgan. Daniya poytaxti dunyoning eng yaxshi shaharlari reytingida ham o‘z o‘rnini saqlab turibdi.

Avstraliyaning ikkinchi yirik shahri Melburn kuchli uchlikni yopadi. U reytingda Sidneydan bir pog‘ona oldinda edi.

Shuningdek