Mirziyoyev: Davlat yetakchi oliy o‘quv yurtlari talabalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
“El-yurt umidi” fondi hisobidan
O‘zLiDeP deputatligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida elektorat oldida so‘zlagan nutqida endilikda dunyoning 100 ta eng yaxshi universitetlaridan biriga kirgan talabalar qo‘shimcha imtihonlarsiz «El-yurt umidi» jamg‘armasidan pul olishlarini aytdi.
Mamlakatimizning «oltin fondi» bo‘lgan bu iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, – dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, 500 ta eng yaxshi universitetlardan biriga kirgan talabalar aviachipta va turar joy bilan taʼminlanadi. Buning uchun har yili 200 million dollar ajratiladi.
Magistratura va rezidenturada psixiatr va narkologlar bepul tahsil olishi avval xabar qilingan edi.