Ajoyib yettilik. O‘zbekiston YeTBning yettinchi a’zosi bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu bankning Ostonadagi kengashida muhokama qilindi

Qozogʻiston hukumati rahbari Alixan Smailov Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeTB) Kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston bilan uning moliya institutiga qoʻshilishi boʻyicha olib borilayotgan muzokaralar toʻgʻrisidagi hisobotni tingladi.

Foto: Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining rasmiy sayti

Yangi a’zolarni jalb qilish orqali bank potensial risklarni kamaytirish va yangi integratsiya loyihalarini ishga tushirishni kutmoqda.

Kengashda o‘tgan yilgi ishlar yakunlari ham sarhisob qilindi. -YeTB raisi Nikolay Podguzovning soʻzlariga koʻra, 2022-yilda bank Yevroosiyodagi asosiy rivojlanish instituti sifatidagi rolini kuchaytirdi. Buni uning loyihalariga kiritilayotgan investitsiyalar sezilarli darajada ko‘paygani ham ko‘rsatadi.

Tashkilotning investitsion portfeli 13,4 milliard dollarga yetdi.Shu bilan birga, yangi loyihalardan 2,5 milliard dollar daromad keltirilib, o‘tgan yillar rekordini yangiladi.

YeTB ishtirokchi mamlakatlar fuqarolarining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan 273 ta loyihani amalga oshirmoqda. Masalan, Markaziy Osiyoda irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish uchun bank uch yil davomida 400 million dollargacha mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda.

Yevroosiyo banki 7 milliard dollarlik ustav fondiga ega xalqaro moliyaviy rivojlanish instituti boʻlib, bugungi kunda uning aʼzolari oltita davlat: Belarus, Qozogʻiston, Armaniston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikistondir.

Shuningdek