O‘zbekistonda nektarin va shaftoli narxi arzonlashdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Ularning eksporti oshdi
O‘zbekistonda shaftoli va nektarin narxi bir oy ichida ikki yarim baravar arzonlashgan, deb xabar berdi EasyFruit portali.
O‘zbekistonda 2-30 iyun kunlari ushbu mevalarning bir kilogrammi o‘rtacha ulgurji narxi 27 ming so‘mdan 11 ming so‘mga tushdi. O’tgan yilgi qiymatdan xarajat 20% dan ko’p bo’lmagan farq qiladi.
O‘zbek shaftoli va nektarini narxining pasayishi ularni tashqi bozorga yetkazib berish hajmining oshishiga olib kelmoqda, deydi tahlilchilar. May va iyun oylarida mamlakatimizdan 20,9 ming tonna meva eksport qilindi. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 22 foizga ko‘pdir.
Ushbu mavsumda O‘zbekiston bozorlarida may oyi oxiri – iyun oyi boshida katta miqdordagi meva partiyalari paydo bo‘ldi.