O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
magnitudasi 3,4 ni tashkil etdi

Payshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning Buxoro viloyatida zilzila qayd etildi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmoprognoz monitoringi markazi.

FOTO: Unsplash

Yerosti silkinishlari Peshku tumanida mahalliy vaqt bilan soat 00:25 da sezilgan. Zilzila magnitudasi 3,4 ni tashkil etdi.

O‘zbekistonda oxirgi marta 29 iyun kuni zilzila sezilgandi. Yer silkinishlarining kuchi ikki ballga yetdi, ular So‘x, Uzun, Farg‘ona, Sho‘racha, Rishton, O‘zbekiston, Denov tumanlari, shuningdek, Farg‘ona va Quvasoyda sodir bo‘ldi.

Shuningdek