O’zbekiston iqtisodiyoti faoliyatiga qanday omillar ta’sir ko’rsatdi
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,6 foizga o‘sdi, bu haqda Markaziy bank tahlili ma’lum qildi. Respublikada iqtisodiyotning faolligi bir qator omillar bilan ta’minlandi. Ular orasida byudjet xarajatlarining ko’payishi, kreditlash sur’atlarining tezlashishi bor.
«Savdo va pullik xizmatlar, chakana savdo, banklararo bitimlar va ko‘chmas mulk bozoridagi bitimlar sonining sezilarli o‘sish sur’atlari iqtisodiyotda iste’mol talabining yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi», — deyiladi Markaziy bank xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Jahon banki ekspertlari joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining o‘sishini 5,1 foiz darajasida kutmoqda.
Rossiya Gazprombanki joriy yilda YaIM 5,8 foizga, 2024 yilda esa 6,5 foizga o’sishini bashorat qilmoqda.