Banklar yaqin kelajakda ta’lim uchun imtiyozli kreditlarni qayta tiklaydi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki xabar berdi

O‘zbekistonda banklar imtiyozli stavka bo‘yicha ta’lim kreditlari berishni to‘xtatdi. Bu haqda Kursivga O‘zbekiston Respublikasining bir qator moliya institutlarining call-markazlarida ma’lum qilindi. O‘zbekiston Markaziy banki yaqin vaqt ichida bunday kreditlar berish qayta tiklanishiga ishontirdi.

Foto: Pexels.com

27 iyul kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov shunday dedi: «Taʼlim kreditlari Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan markazlashtirilgan depozitlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bu yil, nazarimda, ta’lim kreditlari ajratilishi uchun 2,5 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ko‘zda tutilgan. Ularning hozir ochilmayotgani asosiy o‘quv jarayoni tugagani bilan bog‘liq. Menimcha, bu jarayon sentabrdan tiklanadi».

Eslatib o‘tamiz, talim-krediti.uz platformasi O‘zbekistonda imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlarini olish uchun faoliyat yuritadi. Endilikda bunday kreditlar bo‘yicha foizlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng (14%). Ayollar uchun foizsiz kreditlar ajratiladi.

Kredit olish uchun arizani to’ldirishingiz, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni, shuningdek, garov va ta’lim muassasasi bilan shartnomani taqdim etishingiz kerak. Fuqarolarning ayrim toifalari uchun talablardan istisnolar bo’lishi mumkin.

Markaziy bank statistik maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston banklarining taʼlim kreditlari portfeli qariyb 2,6 trillion soʻmni tashkil qilgan. Bu bir yil oldingiga nisbatan olti barobar ko‘pdir. Joriy yilning besh oyida ushbu maqsadlar uchun moliya muassasalari tomonidan fuqarolarga 618,8 mlrd.

Shuningdek