O‘zbekistonda dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish ikki barobarga oshdi
eʼlon qilindi
2023-yilning birinchi olti oyi uchun
2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistondagi yirik zavodlar 539,4 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqardi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish ikki barobar oshdi. Joriy yilning iyun oyida korxonalarga 35,1 ming tonna ushbu yoqilg‘i yetkazib berildi.
Eslatib o‘tamiz, 12-iyul kuni tovar birjasida sintetik dizel yoqilg‘isining boshlang‘ich narxi bir tonna uchun 10 116 972 so‘mdan 9 499 953 so‘mga tushirilgan edi.