Banklar dollarni rekord darajada – 11 715 so‘mdan sotishni boshladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
28 ta moliya institutidan beshtasi valyutaning shunday qiymatini belgilagan

2-avgust kuni O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklari dollarni kassalar orqali rekord darajadagi 11 715 so‘mdan sotishni boshladi.

Foto: Unsplash

Mamlakatimizdagi 28 ta tijorat moliya institutidan beshta bank – «Invest Finance Bank», «Ravnaq Bank», «Anor Bank», «Ipoteka Bank», «Siderat Bank Tashkent» xorijiy valyutani ushbu narxda sotmoqda.

Eng qulay narxni «Ipak yo‘li» bank taklif qilmoqda – moliya tashkiloti dollarni 11 680 so‘mdan sotmoqda.

Boshqa muassasalarda amerika valyutasini sotish 11 690 so‘mdan 11 710 so‘mgacha, xarid qilish esa 11 575 so‘mdan 11 640 so‘mgacha.

Eslatib o‘tamiz, 1-avgust, seshanba kuni Markaziy bank dollarning rasmiy qiymatini 11 633,11 so‘m etib belgilagan va uni 14,96 so‘mga oshirgan edi.

Shuningdek