Iyul davomida mashinalar savdosi 17%ga oshdi

eʼlon qilindi
Iyun oyidagi keskin pasayishdan so‘ng, avtomobil bozori yana ko‘tarildi

Oy davomida sotuvlar 17%ga oshdi va eng katta o‘sish yengil elektr transport vositalari segmentida 28,9%ga qayd etildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi har oyda O‘zbekiston avtomobil bozoridagi mavjud vaziyatni baholab, bu haqida axborot berdi.

Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalari savdosi 17%ga o‘sib, 144,5 mingtaga yetdi. Bu o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan savdo o‘sishi 40%ni tashkil etdi.

Iyul oyida sotilgan yengil avtomobillarning umumiy soni 20%ga o‘sib, 132 mingdan oshdi. Eng sezilarli o‘sish Buxoro (+36%), Sirdaryo (+35%) va Surxondaryo viloyatlarida (+31%) qayd etildi.

O‘tgan yilga nisbatan yengil avtomobillar savdosi 39%ga ortgan.

Yengil avtomobillar sonining o‘zgarish dinamikasi, 2021-2023 yy.
Manba: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Umuman olganda, o’tgan oy davomida birlamchi bozorda yangi yengil avtomobillar savdosi 19,2%ga oshdi. 2022 yilga nisbatan o‘sish 64,5%ni tashkil etdi.

Iyul oyida mahalliy ishlab chiqarilgan 29,6 mingta avtomobil sotildi, bu iyun oyiga nisbatan 24% va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59,3% ko‘proq.

Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bozori 

Xuddi shunday 4,9 mingta xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotilgan. Bu 2022 yil iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 2,7 baravar yuqori.

Birlamchi va ikkilamchi yengil avtomobil bozori (2021-2023)
Manba: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Ikkilamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Yengil avtomobillarning ikkilamchi avtomobil bozori sotuvlarning o‘sishi bilan ajralib turdi. Oy davomida 97,6 ming dona avtomobil sotildi, bu bir oy oldingi ko’rsatgichga nisbatan 17,6%ga ko‘p – o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan 30%ga sezilarli o‘sish qayd etildi.

Elektromobillar bozori

Oy davomida yengil elektromobillar savdosi 28,9%ga o‘sib, 2,7 mingta avtomobilni tashkil etdi. Eng ko‘p sotilgan elektromobillar Toshkent shahrida – 1,9 ming dona, Toshkent – 153 dona va Xorazm viloyatlarida – 117 dona qayd etildi.

Elektromobillarning birlamchi bozori iyun oyiga nisbatan 37,5%ga o’sib, 2,3 mingtani tashkil etdi – 2022 yil iyul oyiga nisbatan 4,7 baravar ko‘p.

Elektromobillarning ikkilamchi bozori savdoning pasayishi bilan ajralib turdi. Umuman olganda, oy davomida jami 318 dona elektromobil sotilgan bo‘lib, bir oyda 15,2% pasaygan. Biroq, 2022 yil iyul oyiga nisbatan 67%ga o‘sish kuzatildi.

Manba: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Eslatib o’tamiz, endi davlat raqami va texnologik passportni yetkazib berishni buyurtma qilish mumkin.

Shuningdek