Eriell Qozog‘iston bozoriga kirmoqchi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Joriy yilda Ostonada ofis ochilishi rejalashtirilgan

Eriell Qozog‘iston bozoriga kirib, Ostonada ofis ochish niyatida, deb xabar berdi Upstream.

Foto: Eriell

Joriy yilda Qozog‘istonda vakolatxona ochilishi rejalashtirilgan. Pudratchi Qozog‘istonning neft-gaz sektoridagi asosiy ishtirokchilar bilan hamkorlik qilish va neft konlari xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ularning tenderlarida ishtirok etish niyatida.

Bundan tashqari, Xitoydagi hamkorlar bilan qo‘shma loyihalar va sarmoya kiritish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Eriell allaqachon ikkita faol xalqaro burg‘ulash shartnomalariga ega, biri Bangladeshda va biri Iroqda. Kompaniya yaqinda Rossiyadagi burg’ulash biznesini sotishni yakunladi.

Iyul oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan xalqaro kompaniyaga o‘z sho‘ba korxonalarini mahalliy «MetallSeverStroy»ga sotishga ruxsat berdi.

Shuningdek