“Yangihayot” texnoparki klaster tashkil qilmoqchi
O‘zbekistonda «Yangihayot» sanoat texnoparki klaster tizimiga o‘tmoqchi. Bu tashabbus O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi taqdimotda ma’lum qilindi.
500 gektar maydonda 810 ta zavod va fabrikalarni joylashtirish rejalashtirilgan. Shunday qilib, 100 ming ish o‘rni yaratiladi.
O‘zgarishlar mahsulot sifatini yaxshilash, uning tannarxini va logistika xarajatlarini kamaytirishga yordam berishi kutilmoqda.
Bugungi kunda Toshkent shahri iqtisodiyotida sanoatning ulushi 34 foizdan ortiqni tashkil etadi. 2022-yilda ular tomonidan 110 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Oziq-ovqat, metallurgiya va toʻqimachilik sanoati yuqori oʻsish dinamikasini koʻrsatdi.
Avvalroq, Toshkent viloyatida 14 million dollarlik turistik klaster tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.