Parij elektr skuterlaridan voz kechdi

eʼlon qilindi
1-sentabrdan boshlab qurilmalarni ijaraga olish mumkin emas

Fransiya poytaxti Yevropada elektr skuterlarni ijaraga olishni taqiqlagan birinchi shaharga aylanadi. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi xabar berdi.

Foto: flydragon / Depositphotos

Shahar qurilmalarni ijaraga beruvchi provayderlar bilan shartnomalarni yangilamaydi. Bu 1-sentabrdan boshlab shaharda elektr skuterni ijaraga olishning imkoni bo’lmasligiga olib keladi.

Meriya Parij aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan referendumdan so‘ng shunday qaror qabul qildi. Respondentlarning 89 foizi shaharda elektr skuterlarni taqiqlash tarafdori bo‘lgan.

Aholining bu yakdilligining sababi elektr skuterlarni ijaraga olishni tashkil qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar edi: qurilmalar shahar bo‘ylab tarqalib ketgan. Bundan tashqari, ulardan foydalanish xavfsizligi haqida savollar bor edi. 2022-yilda Parijda ana shunday qurilmalar yordamida 400 mingga yaqin sayohat qilingan.

Elektr skuterlarini ishlatish muammosi nafaqat Parijga tegishli. «Kursiv» O‘zbekistonda elektroskuterlarda yurishni cheklash taklif qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek