Gabonda harbiy to’ntarish yuz berdi
Markaziy Afrikadagi Gabon davlatining bir guruh yuqori martabali harbiy amaldorlari hokimiyat tepasiga kelishini e’lon qildi, xabar bermoqda Reuters.
To‘ntarish prezident Ali bin Bongo Ondimba uchinchi muddatga saylangani haqidagi xabarlar fonida yuz berdi. U 2009-yil oktabrdan beri Gabon rahbari.
Uning otasi El Hadj Omar Bongo Ondimba mamlakatni 1967 yilning noyabridan 2009 yilning iyunigacha boshqargan. Gabon Konstitutsiyasida prezidentlik muddati cheklanmagan.
Harbiylar, shuningdek, saylov natijalari bekor qilingani va keyingi ogohlantirishgacha chegaralar yopilganini e’lon qildi.
Muvaffaqiyatli bo’lsa, to’ntarish G’arbiy va Markaziy Afrikada 2020 yildan beri sakkizinchi davlat to’ntarishi bo’ladi, deya ta’kidladi Reuters.
Avvalgi davlat to‘ntarishiga urinish 2019-yil boshida bo‘lib o‘tgan, biroq o‘shanda hukumat vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Gabon Markaziy Afrikada joylashgan. 19-asr oʻrtalaridan 1960-yilgacha Fransiya mustamlakasi boʻlgan. Mustaqillikka erishgandan to‘rt yil o‘tib, harbiy guruh davlat to‘ntarishiga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Qoʻzgʻolonni bostirishda Gabon hukumatiga oʻsha paytda Sharl de Goll boshchilik qilgan Fransiya yordam berdi.
Avvalroq, «Kursiv» iyul oyi oxirida Niger harbiylari prezident Muhammad Bazumni hokimiyatdan ag‘darganini yozgan edi.