Afg‘onistonliklar benzin narxi oshishidan norozi

eʼlon qilindi
Mamlakatda yoqilg‘i narxi litri uchun 1 dollarga yaqinlashdi

Afg‘oniston Kobuli aholisi benzin va dizelning qimmatligidan norozi. Bu haqda TOLONews internet nashri xabar berdi.

Foto: Unsplash

Agar ikki yil avval bir litr yoqilg‘i taxminan 50 afg‘oniy (0,62 dollar) bo‘lgan bo‘lsa, avgust oyi oxirida uning narxi 73 afg‘oniga (0,90 dollar) ko‘tarildi.

Afg‘onistonning Nimroz viloyatidagi Savdo-sanoat va sarmoya palatasi jahonda yoqilg‘i narxining oshishi tufayli mamlakatda benzin va dizel narxi oshganini ma’lum qildi.

Ayni paytda Afg‘onistonda yoqilg‘i narxi Hindiston va Pokistonga nisbatan past, dedi palata rahbari Obaydulloh Navro‘ziy.

Afg‘oniston har kuni O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Rossiyadan 4000 tonnadan ortiq yoqilg‘i import qiladi.

Avvalroq, «Kursiv» iyul oyi boshida Tolibon hukumati Turkmanistondan suyultirilgan gazni rad etganini yozgan edi.

Shuningdek