Isroil va O‘zbekiston aviatsiya cheklovlarini bekor qildi
eʼlon qilindi
Bu haqda Tel-Avivda protokol imzolandi
O‘zbekiston va Isroil rasmiylari havo qatnovi sohasidagi cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lum qildi.
Hujjatni Isroil transport va yo‘l harakati xavfsizligi vaziri Miri Regev va O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi Feruza Maxmudova imzoladi.
Bayonnomaga ko‘ra, endilikda ikki davlatda aviatashuvchilar soni va parvozlar yo‘nalishi bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.
Avvalroq, «Kursiv» 10-iyundan boshlab O‘zbekiston va Rossiya reyslar sonini oshirganini yozgan edi.