NKMK dunyodagi eng yirik oltin qazib oluvchilar o’ntaligiga kirdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
2023-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha

2023-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati dunyodagi eng yirik oltin qazib oluvchilar o‘ntaligiga kirdi, deyiladi Kitco xalqaro tahliliy markazi hisobotida.

Foto: NKMK

Markaz maʼlumotlariga koʻra, NKMK belgilangan davrda 1425 ming untsiya oltin ishlab chiqargan va reytingda beshinchi oʻrinni egallagan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan.

«Kompaniya ishlab chiqarish hajmi va zaxiralari boʻyicha dunyodagi eng yirik oltin qazib olish korxonalaridan biri boʻlgan Muruntov ochiq kon kompleksiga egalik qiladi va uni boshqaradi», — deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili zavod mamlakat byudjeti daromadlarining 16,3 foizini ta’minlab, eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi.

Shuningdek