6-aprel kuni O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: Piqsels

Bugun, 6-aprel kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Ayrim hududlarda kuchli shamol bo‘lishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Kuchli shamol bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kunduzi 15-17 iliq, kechasi esa 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida Yomg‘ir, qor yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kuchli shamol esishi va qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi havo harorati 3-8 iliq, kechasi esa 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek