O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 15-28°, kunduzi 26-43° oralig‘ida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 15-28°, kunduzi 26-43° oralig‘ida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yangi qonun loyihasi energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish mexanizmlarini kuchaytirmoqda. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, IIV va FVV xodimlariga elektr energiyasidan behuda foydalanish holatlarini rasmiylashtirish huquqi berilishi taklif qilinmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar ham bu turdagi huquqbuzarliklar uchun javobgar subyekt sifatida ko‘riladi. Elektr, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanib, o‘g‘irlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Tashabbuskorlar hujjat huquqbuzarliklarning oldini olish va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilishi...
Xitoy minglab yangi avtomobillarni «ishlatilgan» deb rasmiylashtirib, Rossiya, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga eksport qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «nol kilometrli» deb ataluvchi bu mashinalar aslida biror marta ham haydalmagan bo‘lsa-da, ishlatilgan avtomobil sifatida sotilmoqda.
Bu amaliyot orqali Xitoy kompaniyalari savdo hajmini sun’iy ko‘rsatmoqda va ichki bozorda sotilishi qiyin bo‘lgan mashinalardan xalos bo‘lmoqda. Mahalliy hukumatlar eksportni rag‘batlantirib, maxsus kvotalar, soliq imtiyozlari va logistika infratuzilmasi bilan bu jarayonni qo‘llab-quvvatlamoqda.
2024-yilda Xitoy 436 mingta ishlatilgan avtomobil eksport qilgan bo‘lsa, ularning 90 foizi yangi mashinalar bo‘lgan. Bu holat xorijda Xitoy brendlariga nisbatan ishonchni pasaytirmoqda va ba’zi...
Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qo‘shni davlatlardan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan jami 8,2 kg giyohvandlik moddasi musodara etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
DXX va IIO organlari hamkorligida o‘tkazilgan reydda surxondaryolik shaxs 896 gr «gashish» moddasi bilan ushlangan, uning uyidan esa qo‘shimcha 2 kg 260 gr «opiy» topilgan. Namanganda esa avtomashina salonidan 2 kg 990 gr «gashish» aniqlangan, bu modda Qirg‘izistondan keltirilgani ma’lum bo‘ldi.
Farg‘onada ikki shaxs 487 gr «gashish»ni $5 mingga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ularning birining uyidan yana 599 gr modda topilgan. Samarqand viloyatida esa ilgari bir necha bor...
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, professor Mirzatillo Tillaboyev IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasiga uch yillik muddatga a’zo etib saylandi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Mazkur saylov O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro obro‘-e’tibori ortib borayotganidan dalolat beradi. Sessiya doirasida Istanbul deklaratsiyasi qabul qilinib, sun’iy intellektga oid Jidda deklaratsiyasi ham tasdiqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilgan IV Samarqand forumi ham alohida e’tirof etildi.
Yangi saylangan komissiya a’zolari IHTga a’zo davlatlarda inson huquqlarini himoya qilish, islomofobiyaga qarshi kurashish, ayollar va bolalar huquqlarini ilgari surish kabi dolzarb masalalarda...
Mo‘g‘uliston davlat saroyida Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux o‘rtasida tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston munosabatlarini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va transport-logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
Ikki davlat rahbarlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishdi. Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston mahsulotlari uchun savdo uyi ochildi, O‘zbekiston Geologiya vazirligining vakolatxonasi tashkil etildi.
Prezidentlar, shuningdek, poytaxtlar o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, oliy ta’limdagi hamkorlikni kengaytirish hamda madaniy almashinuvlarni davom ettirish borasida ham...
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimining sobiq o‘rinbosari Sherdil Ergashov besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Rasul Kusherbaev ma’lum qildi.
U «Global commerce» MChJ tomonidan qurilgan obyektdan foydalanishga topshirish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga $5 ming miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlandi.
Sud qaroriga ko‘ra, u ikki yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi. Bundan tashqari, besh yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
2025-yil 11-iyun kuni apellyatsiya sudi birinchi instansiya hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdori pora bilan qo‘lga olingani haqida yozgandi.
Tojikistonning «Oriyonbank» ochiq aksiyadorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya guvohnomasi rasmiy ravishda bekor qilindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qaror «Oriyonbank»ning Kuzatuv kengashi tomonidan vakolatxonaning faoliyatini tugatish bo‘yicha qabul qilingan qarorga muvofiq amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, «Oriyonbank»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2022-yil 4-avgustdan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.
Avvalroq «Kursiv» Rossiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlagani haqida yozgandi.
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Ohangaron koʻchasi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (YHX) xabar bermoqda.
«Yopiladigan qism: Temur Malik – Parkent – Mahtumquli ko‘chalari aylanma harakatidan , THAY – Ohangaron shohko‘chalari aylanma harakatigacha bo‘lgan qismi», – deya ta’kidladi YHXX.
Yo‘lning yopilishi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. 25-iyundan 1-iyulgacha avtomobillar harakati cheklanadi
YHXX aholiga Bektemir Shoh, Farg‘ona yo‘li, Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston ko‘chalari bo‘ylab yopiq uchastkani aylanib o‘tishni tavsiya qildi.
Avvalroq O‘zbekistonda yo‘l qoidabuzarliklarni sun’iy intellekt aniqlashi haqida yozgan edik.
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlashda sun’iy intellekt (SI) texnologiyasi joriy etiladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Yangi tizim kameralar yozuvlari, qoidabuzarlik tarixi va yo‘l harakati qoidalari bilan avtomatik solishtirish orqali ish olib boradi. Agar sun’iy intellekt ma’lumotlar orasida nomuvofiqlikni aniqlasa, holat qo‘shimcha tekshiruvga yuboriladi.
Loyiha inson omili va texnik xatoliklardan kelib chiqadigan tortishuvli holatlarni kamaytirishga qaratilgan. 2024-yilda haydovchilar kameralar orqali belgilangan jarimalarning qariyb 10 foizini rad etgan.
Hozircha tizim sinov bosqichida. To‘liq ishga tushirilishi yaqin oylarda rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qashqadaryoda «G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» yo‘lining 100 kilometri rekonstruksiya...
AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tayotgan FIFA Ijroiya futbol sammitida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari ham qatnashmoqda.
Mazkur sammit FIFA tomonidan har yili tashkil etiladi va dunyo futbolining eng muhim muloqot platformalaridan biri hisoblanadi. U FIFA prezidenti, konfederatsiyalar va milliy assotsiatsiyalar rahbarlarini birlashtiradi.
Bu yilgi tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va bosh kotib Avaz Maksumov ishtirok etmoqda.
Sammit doirasida bolalar, o‘smirlar va ayollar futboli, FIFA musobaqalarini tashkil etish, bo‘lajak Jahon chempionati va yoshlar turnirlari kabi mavzular muhokama qilinmoqda.
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasini ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani bilan tabrikladi.
Shuningdek, u O‘zbekiston futbol...
Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Mo‘g‘uliston Respublikasi prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan Mo‘g‘ulistonga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.
O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 24-iyun kuni dollar kursi 45,26 so‘mga yuqorilab, 12 456,25 so‘m qilib belgilandi.
Oldingi kurs (23-iyun): 12 410,99; Yangi kurs: 12 456,25 ; O‘zgarish: +45,26 so‘m.Avvalroq AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik. 16-iyun kuni 1 dollar 12 715,13 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 17-iyunda 12 668,14 so‘mga tushdi. AQSh valyutasi 18-iyunda 12 618,63 so‘mga pastladi. 19-iyun kuni dollar yana biroz arzonlab, 12 559,26 so‘mni tashkil etdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 20-iyun kuni dollar kursi 12 496,94 so‘mga tenglashdi. 23-iyun kuni dollar kursi 85,95 so‘mga yuqorilab, 12 410,99 so‘m qilib belgilandi.
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 223,82 so‘mga pasayib...
25–26-iyun kunlari Yer atrofidagi geofizik muhitda geomagnit faollikning kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiyaning IKI va ISZF Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.
Mutaxassislarning tushuntirishicha, magnit bo‘ronlariga sabab quyoshdagi katta koronal teshikdir. Ushbu teshikdan chiqayotgan yuqori tezlikdagi quyosh shamollari Yerga qarab yo‘nalgan.
Modellarga ko‘ra, quyosh shamollari tezligi 600 km/soatgacha yetishi mumkin. Bu odatdagi me’yordan 50 foiz yuqori. Shu bilan birga, olimlar may oyidagi baholarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini, u paytda tezlik 900 – 1000 km/soatgacha yetganini eslatib o‘tmoqda.
Ayni paytda mavjud prognozlar «G2» darajasidagi (o‘rtacha) geomagnit bo‘roni 25-iyun o‘rtalariga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, kuchayish ehtimoli mavjud — «G3» (kuchli) darajaga chiqish ehtimoli...
Samsung kompaniyasining Galaxy Z Flip7 va uning arzonroq versiyasi Z Flip7 FE modellarining dizayni va rang variantlari namoyish etildi. Ma’lum bo‘lishicha, qimmatroq modeldagi o‘zgarishlar faqat tashqi ekran bilan cheklanmaydi.
Xabarga ko‘ra, Galaxy Z Flip7 modeli Blue shadow (ko‘k soyali), Jet black (qora) va Coral red (qizil) ranglarda namoyon bo‘lgan. Qurilmaning muhim yangilanishlaridan biri, to‘rt dyuymli tashqi ekran bo‘lib, u endi orqa paneldagi ikkita kamerani ham o‘z ichiga oladi. Bu o‘tgan yilgi Z Flip6 modelidagi 3,4 dyuymli ekranga nisbatan sezilarli o‘sishdir.
Shuningdek, yangilangan dizayn Flip7 modeliga tashqi ekranida to‘liq Android ilovalarini ishga tushirish imkonini berishi mumkin. Biroq Samsung bu imkoniyatni...
Hukumat qarori bilan «Eng namunali yashil turizm obyekti» tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilandi.
Mazkur tanlov chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan turizm sohasi tadbirkorlari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlov har yili sentabr – noyabr oylarida ikki bosqichda tashkil etiladi:
Hududiy bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida; Respublika bosqichi – hududiy bosqich g‘oliblari o‘rtasida.Turizm qo‘mitasi har yili 1-iyulgacha tanlov haqida rasmiy e’lon beradi.
Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – BHMning 150 baravari, 2-o‘rin – BHMning 100 baravari, 3-o‘rin – BHMning 50 baravari.Avvalroq Kursiv Uzbekistan yil yakunigacha 12 ta quyosh va...
O‘zbekistonda Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab yuzaga kelgan eksport va tranzit muammolarini hal etish maqsadida favqulodda yordam mexanizmi joriy qilindi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Ushbu tizim orqali eksportchilar duch kelayotgan logistika va tashkiliy qiyinchiliklar tezkor ko‘rib chiqiladi. Telegramda @miit_tashqisavdo_bot «Yaqin Sharq mamlakatlariga eksport bilan bog‘liq muammolar» deb nomlangan yangi bot ochildi.
Unda eksportchilar logistika, bojxona rasmiylashtiruvi, tranzit, to‘lovlar va boshqa tashkiliy muammolar haqida murojaat yuborishlari mumkin.
Shuningdek, muammolarga tezkor yechim topish maqsadida Respublika eksport shtabi huzurida koll-markaz tashkil etildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ushbu Telegram bot ishga tushgani haqida yozgandi.
«Kursiv» nashri koll-markaz...
Tecno kompaniyasi o‘zining yangi smartfoni Tecno Pova 7 Ultra 5G modelini to‘liq tanishtirdi. Bu qurilma o‘ziga xos dizayn, kuchli akkumulyator va zamonaviy funksiyalari bilan ajralib turadi.
Smartfon MediaTek Dimensity 8350 Ultimate protsessori asosida ishlaydi. U Hyper Cooling System sovitish tizimi bilan ta’minlangan bo‘lib, yuklama vaqtida chipni 3 darajagacha sovuqroq ushlab turadi. Bu tizim 5300 mm kvadrat maydonli bug‘ kamerasi yordamida ishlaydi.
Asosiy xususiyatlar:
Displey: 6,7 dyuymli AMOLED, 144 Gs yangilanish tezligi, 4500 nit yorqinlik; Batareya: 6000 mA·soat; Zaryadlash: 70 Vt simli, 30 Vt simsiz, 10 Vt teskari; Kamera bloki: yoritilgan chiziqli dizayn, bildirishnomalar va qo‘ng‘iroqlar uchun signal beradi, «gamer...Vivo kompaniyasi tomonidan Vivo X200 FE smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda. Bu qurilma kichik o‘lchamiga qaramay, kuchli texnik xususiyatlarga ega.
Smartfon 6,31 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, tasvirni 120 Gs yangilanish tezligida namoyish etadi. Uning korpusi juda ixcham: balandligi 151 mm, eni esa atigi 72 mm. Og‘irligi esa 186 gramm.
Asosiy texnik ko‘rsatkichlari:
Protsessor: MediaTek Dimensity 9300+ Operativ xotira: 12 GB (LPDDR5X) Doimiy xotira: 512 GB (UFS 3.1) Batareya: 6500 mA·soat, 90 Vt tez zaryadlash bilan Kameralar: orqada 3 ta kamera – 50 + 50 + 8 MP, old kamerasi esa 50 MPSmartfon...
O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarish o‘sishi ko‘rsatkichi yil sayin pasaymoqda. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2025-yilning yanvar – may oylarida jami 156 mingdan ortiq yengil avtomobillar ishlab chiqarildi.
Shu davrda Cobalt markali avtomobillardan 58 904 dona ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4% ga ko‘p bo‘lsa-da, model bo‘yicha ishlab chiqarish o‘sishida 2022-yildan boshlab sezilarli pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda.
2025-yilning yanvar – may oylarida O‘zbekistonda 18 079 dona Tracker avtomobili ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 6,2% ga kamayganini ko‘rsatadi. O‘tgan yili shu davrda 19 279 dona Tracker ishlab...
AQSh prezidenti Donald Tramp bu ma’lumotni tasdiqladi, shuningdek, Isroil va Eron o‘rtasida sulh e’lon qilinganini yana bir bor ta’kidladi.
Eronning Press TV telekanali Isroil tomonidan berilgan bir nechta raketa zarbalaridan so‘ng, ikki davlat o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganini e’lon qildi.
«Sulh boshlandi», – deyiladi telekanalning Telegram sahifasidagi e’lonida.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida Eron va Isroil unga tinchlik istayotganliklarini bildirganini ma’lum qildi.
«Isroil va Eron deyarli bir vaqtda menga murojaat qilib: «Tinchlik!» deyishdi», – deb yozdi Tramp.
Uning...
Buxoroda sifatsiz yoqilg‘i sotgan «zapravka»larga chora ko‘rildi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar berdi.
G‘ijduvon tumani Sarmijon mahallasida joylashgan «N.O.J.» xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida (AYoQSh) AI-92, AI-95 markali benzin va dizel yoqilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriya tahlilidan o‘tkazildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur yoqilg‘i namunalarining davlat standartlariga javob bermasligi aniqlandi. Holat bo‘yicha Energiya resurslaridan foydalanish haqidagi qonunga asosan 52,6 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Shuningdek, mazkur AYoQShda yoqilg‘i tarqatish ustunlari navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmagan bo‘lishiga qaramay, neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi.
Sifatsiz neft mahsulotlari qoldiqlarini sotuvga chiqarmaslik va ularning sifatini tiklash yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘onadagi...
Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in xavfsizligini oshirish maqsadida yong‘in robotlari o‘rnatiladi. Bu haqda 23-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forumda Kareliya respublikasi rahbari Artur Parfenchikov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu loyiha doirasida ikkinchi bosqich yetkazib berish rejasi ham ishlab chiqilmoqda. Unda boshqa obyektlarga ham robotlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
«2024-yilga nisbatan 2025-yilda o‘zaro savdo hajmi 20 foizga oshdi. O‘tgan kuzda O‘zbekistonga biznes-missiyamiz doirasida tashrif buyurdik», – dedi Parfenchikov.
Shuningdek, Kareliya rahbari O‘zbekistonda daraxtni qayta ishlash sohasiga, xususan, qurilish sohasida qo‘llaniladigan sellyuloza mahsulotlariga katta qiziqish bildirmoqda. Bu boradagi ilk yetkazib berish ishlari boshlanganini ta’kidladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston...
«O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston» transport koridori orqali birinchi pilot yuk tashuvi tashkil etildi. Ushbu tashuv O‘zbekiston Transport vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida o‘tkazildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, mazkur pilot tashuv O‘zbekiston tadbirkorlarining mahsulotlarini yangi bozorga olib chiqish hamda avtomobil transporti orqali yuk tashishning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirildi.
Ushbu transport koridorining ayrim qismlari murakkab relyefga ega bo‘lgan Oltoy tog‘lari orqali o‘tadi va 1500 metr balandlikka ko‘tariladi. O‘zbekiston milliy yuk tashuvchisi ushbu 4500 kilometr masofani 8 kunda bosib o‘tdi.
Mazkur yo‘nalish mamlakatlar o‘rtasidagi eksport-import yuk tashuvlari hajmini oshirish, savdo aloqalarining...