9-fevral kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi mumkin
Foto: aapsky / depositphotos.com

Bugun, 9-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘lib, kun davomida harorat iliqlashadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat darajasi 15-20 iliq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi O‘zgidromet.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘maydi va havo harorati kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi, kechasi esa 4-6 daraja iliq bo‘ladi.

Vatanimizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘lishi ehtimoli bor, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek