7-fevral kuni butun O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi

eʼlon qilindi
Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor
Foto: Chriscarnell@hotmail.co.uk / depositphotos.com

Bugun, 7- fevral kuni respublika bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi. Ba‘zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, ayrim joylarda tuman tushushi mumkin. Harorat 7-12 daraja iliq bo‘ladi, shimolda 5-10 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Mamlakatimizning tog‘li hududlarida ayrim joylarida tuman tushishi va yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati 3-2 sovuq bo‘ladi.

Avvalroq, «Kursiv» fevral oyi boshida O‘zbekiston aholisini qanday ob-havo kutishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek